So’nggi yangiliklar

01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  0 23:38"Милан" — "Бари". Таркиблар маълум  1 23:25"Эспаньол" — "Атлетико". Таркиблар маълум  3 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  17 22:35Суперлига. “Қўқон-1912” — “Сурхон” 2:0  0 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  34 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  71

Mirjalol Qosimov: "Bobur-arena"da "Andijon"ning 12-raqamli futbolchisi bor" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Bobur-arena"da "Andijon"ning 12-raqamli futbolchisi bor"

Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Andijon" - OKMK (2:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Muhimi kerakli natijaga erishdik. Buning yaxshi va yomon taraflari bor. Birinchi bo'limda sust harakat qildik. Oddiy vaziyatlarda xatoga yo'l qo'ydik. "Andijon" jamoasi qarshi hujumlar va standart vaziyatlarda juda yaxshi harakat qiladi. Birinchi golni o'z xatomiz evaziga o'tkazib yubordik. Ikkinchi gol qarshi hujum evaziga yuzaga kelgan penalti orqali urildi.

" Bobur-arena"da "Andijon"ning 12-raqamli o'yinchisi bor, bu albatta muxlislari. Bu stadionga keladigan har bir jamoaga oson bo'lmaydi. Ikkinchi bo'limda kerakli natijani qayd eta oldik. 3 ochko qoladi, o'yin esdan chiqadi.


- Jamoangiz 2:0 hisobida mag'lub bo'layotgan vaqtda nimalarni his qildingiz?

- Qanaqa rotaciya qilish va kimni zaxiraga olish haqida o'yladim. Ikkita gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng tezkor javob golini kiritdik. Bu bizda ishonch paydo bo'lishiga sabab bo'ldi.

- Bugun jamoangiz baribir g'alaba qozona olishini murabbiylik hissiyotlari bilan sezdingizmi?

- Tanaffusda yigitlarga shu haqida aytdim. Yigitlarga ishongandim. Boshidanoq g'alaba uchun kelgandik. Bu savolingiz kimdadir noto'g'ri kayfiyatni uyg'otib qo'yishi mumkin.

- "Andijon" jamoasi birinchi bo'lib 2 ta gol urishini kutganmidingiz?

- Qiziq savollarni berayapsizlar. O'yinga tayyorgarlik ko'rganda har bir vaziyatga tayyor turish kerak. Olimpiya terma jamoamiz Misr bilan o'yinda himoyachi to'pni uzoqlashtirmoqchi edi, tasodifan gol bo'lib ketdi. Futbolda kutilmagan hodisalar ko'p bo'ladi.



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика