So’nggi yangiliklar

11:15Ўзбекистон терма жамоалари йиғини: Қайси клубнинг хиссаси каттароқ?  1 10:45Гёкереш "Арсенал"га ўтиш учун Саудия жамоасининг супер таклифидан воз кечган  1 10:17Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон U-16 термаси Японияга қарши баҳс олиб боради  2 09:52"Ливерпуль" Германия МТЖ аъзоси билан музокараларни бошлади  0 09:25А Сериянинг энг кўп ойлик олувчи футболчиси "Бавария"га текинга ўтиши мумкин  1 08:58"Монако" янги бош мураббийини эълон қилди  0 08:30Ҳайдаров шогирдлари бугун Қозоғистонга қарши майдонга тушади  6 08:02ЖЧ-2026 саралаш. Осиё қитъасида иккинчи тур учрашувлари бўлиб ўтди  11 07:35Мессининг бенефисига айланган баҳсда "Интер" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  20 02:07ЖЧ саралаши. Испания, Италия, Португалияда ғалаба ва бошқа натижалар  9 00:25"Бавария" Гнабри бўйича қарор қабул қилди  0 23:16"Барселона" 17 ёшли франциялик иқтидорга қизиқмоқда  1 22:22"Ливерпуль" ПСЖ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқчи  5 21:484 та гол урилган Ўзбекистон U-17 ва Туркия U-17 ўртасидаги ўртоқлик ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  4 21:30Рафаэль Бенитес АПЛга қайтиши мумкин  4

Mirjalol Qosimov: Biz tarix yaratdik, tarixni esa o'chirib bo'lmaydi Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: Biz tarix yaratdik, tarixni esa o'chirib bo'lmaydi

OKMK va Qizilqum uchrashuvi yakunidan so'ng mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov bahs haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdilar.

«Avvalambor Assalomu alaykum. Bugungi o'yin bilan chempionatni yakunladik. Ikkinchi o'rinni qo'lga kiritganimizdan xursandmiz. Nimagaki, biz tarix yaratdik, tarixni esa o'chirib bo'lmaydi. Birinchi navbatda muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Jamoamning futbolchilariga ham rahmat aytaman. CHunki oson yil bo'lgani yo'q. CHempionatimiz shiddatli o'tdi. 

Fursatdan foydalanib, OKMK jamoasi rahbarini o'zim va futbolchilar nomidan ularni tabriklab qolaman. Har doim biz uchun maksimal darajada yordam berdilar. Bugungi g'alabamizni, OKMK kombinatining tug'ilgan kuniga baxshida etaman. O'yinga keladigan bo'lsak, yil davomida oson o'yinlar bo'lgani yo'q.

 Ikki tur yakunida ikkinchi o'rinda bo'lishimizga qaramasdan, to'rtinchi o'ringa tushib ketishimiz ham mumkin edi. Medallarsiz qolishimiz mumkin edi. Futbol kutilmagan natijalarga boy bo'lgani uchun ham millionlar o'yini deb ataladi. Oddiy qilib aytadigan bo'lsak, «Metallurg» birinchi davraning yakunidan so'ng Superligani tark etadi deb taxmin qilishgandi, biroq futbol shunday narsaki, hamma narsa bo'ladi. Hech kim natijalarni oldidan bashorat qila olmaydi. Men ham bu ishni qilishni yoqtirmayman. Barchaga rahmat!», — deb fikrini yakunladi olmaliqliklar ustozi.



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика