So’nggi yangiliklar

16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  1 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  1 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  9 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  9 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  5

Mirjalol Qosimov: "Bejizga darvozabon - yarim jamoa deb aytishmaydi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Bejizga darvozabon - yarim jamoa deb aytishmaydi"

Coca-Cola Superligasining 20-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - AGMK (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- O'yin kutilganidek jangovor ruhda o'tdi. Ikki jamoa ham g'alaba uchun maydonga chiqdi. Bu borada bizga omad kulib boqdi. CHunki, yaxshi bilamiz, "So'g'diyona" jamoasi yaxshi shakllangan. Tarkibida iqtidorli va malakali futbolchilar harakat qiladi. Bugungi o'yinda Botirali Ergashev juda yaxshi harakat qildi, u birinchi bo'limda ham yuzaga kelgan vaziyatlarda jamoamizni qutqarib qoldi. Albatta, biz o'z imkoniyatlarimizdan foydalandik. "So'g'diyona" har doim oxirigacha kurashadi. Ikkinchi bo'limda ham Botirali Ergashev darvozamiz tomon belgilangan penaltini qaytarib jamoamiz g'alabasiga o'z hissasini qo'shdi. Bejizga "darvozabon - yarim jamoa" deb aytishmaydi. Gol urgan jamoa yutardi, bu borada omad biz tomonda bo'ldi.

Bu o'yin endi tarixga aylandi, navbatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlikni boshlashimiz kerak. "So'g'diyona" jamoasiga 5-kuni bo'lib o'tadigan yarim final uchrashuvida faqat va faqat omad tilab qolaman.

- Futbolchilarda o'yinlar davomida o'zaro qo'pol munosabat ko'payib ketdi. Tajribali mutaxassis sifatida bu haqidagi fikringiz qanday?

- Hech kim yutqazgisi kelmaydi. Bazida o'yin tezlashib ketadi, kimdir kechroq harakat qiladi. shunaqa vaziyatda emociya yuzaga keladi. Futbol bu shashka emas, bu sport turi kurashlarga boy. Kimdir qo'pollik ishlatsa, oradan bir daqiqa o'tmay o'zi shunday xolatga tushishi mumkin. Buni to'g'ri qabul qilish kerak.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика