Miras Karlibaev: “Birinchi goldan so'ng o'yinimizda pasayish yuzaga keldi”
07 avg 2019 22:49
Yangiliklar
Miras Karlibaev: “Birinchi goldan so'ng o'yinimizda pasayish yuzaga keldi”
“A” Pro-Liga 14-turidan o'rin olgan “Iftixor”- “Xorazm” (1:4) uchrashuvidan so'ng mehmonlar futbolchisi Miras Karlibaev “championat.asia” saytiga intervyu berdi.
"Bugun yaxshi o'yin o'tkazdik. Uchrashuvning birinchi bo'limida qiyinchilikka duch keldik. Birinchi golni urib olganimizdan so'ng o'yinimizda pasayish yuzaga keldi. Ikkinchi bo'limda yana o'yinimizni topib oldik, vazityatlardan foydalandik va yakunda g'alabaga erishdik.
Nasib qilsa, jamoamiz bilan birgalikda faqat oldinga harakat qilamiz. Kelajakda “Xorazm” jamoasini Superliga olib chiqmoqchimiz. Albata kelajakda yaxshi takliflar bo'lsa, xorijda to'p tepish niyatim bor", - dedi Karlibaev.
Bekzod Tolibov yozib oldi.
Fikrlar