So’nggi yangiliklar

23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  0 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  1 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  7 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  20 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  9 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  83 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  9 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9 20:15Мбаппе, Дембеле, Тюрам, Меньян, Шерки ва Олисе - Франциянинг Украина ва Исландия билан ўйин учун таркибида, Экитике эса йўқ  1 18:57ОКМК футбол академияси учун янги замонавий бино фойдаланишга топширилди  0 18:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг августдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   18 17:04Франк Рибери бу йил "Олтин тўп"га ким муносиб эканлигини айтди  10 16:31Роберто Карлосга Одил Аҳмедов ва "Реал" ҳақида савол берилди  3

Mirabror Usmonov: “Xayolparast mutaxassislar faoliyatiga chek qo'yish kerak” Yangiliklar

Mirabror Usmonov: “Xayolparast mutaxassislar faoliyatiga chek qo'yish kerak”

Bugun Milliy Olimpiya qo'mitasida yig'ilish bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasida Davlatimiz rahbarining 2013 yil 25 fevralda qabul qilingan “O'zbekiston sportchilarini 2016 yil Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o'tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada va XV Paralimpiya o'yinlariga munosib tayyorlash to'g'risidagi” qarorida belgilangan vazifalar yuzasidan o'tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar va galdagi vazifalarga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda Olimpiya sport turlari bo'yicha Respublika federaciya (associaciya)lar rahbarlari, terma jamoalar bosh murabbiylari ishtirok etdilar.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Mirabror Usmanov raisligida o'tkazilgan yig'ilishda, yurtimiz sportchilarini bo'lajak nufuzli musobaqalarga munosib tayyorlash, mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohatlar, ularni hayotga tadbiq etish chora-tadbirlari, shuningdek, sport sohasida erishilayotgan yutuqlar bilan bir qatorda mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari atroflicha muhokama qilindi.

“Mamlakatimiz sportchilarini bo'lajak Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga munosib tayyorlash borasida muhtaram Yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan qaror Davlatimiz tomonidan yurtimiz sportchilariga qaratilayotgan etibor va g'amxo'rliklarning yana bir bora yorqin isbotidir – dedi M.Usmanov. Etiborlisi, mazkur qarorda belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish borasida o'tgan davr mobaynida katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi. Xususan, Olimpiada oilasiga kirgan sport turlari bo'yicha federaciyalarning moddiy texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek, terma jamoalar zaxirasini yanada boyitish maqsadida selekciya ishlarini rivojlantirish, bunda eng avvalo joylarda sport federaciyalarning bo'limlari faoliyatini to'g'ri tashkil etish va ularga malakali mutaxassislarni jalb etish borasida keng ko'lamdagi ishlar amalga oshirildi. Endilikda joylarda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining bo'limlari ham tashkil etiladi va viloyatlardagi vakillarimiz istiqbolli rejalarni ro'yobga chiqarish yo'lida hududiy sport federaciyalarga yaqindan ko'mak beradi. Ona zaminimiz iqtidorlarga boy va madomiki biz xalqaro sport maydonlarida yuqori natijalarga erishib, O'zbekiston shuhratini yuksaklarga ko'tarishni maqsad qilgan ekanmiz, selekciya ishlarini rivojlantirish orqali terma jamoalarda raqobat muhitini kuchaytirishga alohida etibor qaratmog'imiz darkor. Joylarda zamonaviy sport saroylarini qad rostlayotgani yurtdoshlarimiz, ayniqsa, kelajagimiz egalari qalbida sog'lom turmush tarzi ko'nikmalari shakllanib bormoqda. Buning natijasida esa sportga mehr qo'ygan yoshlarimiz safi yildan-yilga kengayib, yangidan-yangi nomlar kashf etilyapti. Bu o'z navbatida terma jamoalardagi raqobat muhitini o'sishiga va eng yirik sport musobaqalarida qo'lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar salmog'i yuksalib borishiga xizmat qilmoqda. Biz 2010-2013 yillar davomida turli yoshdagi terma jamoalar tomonidan birgina jahon va Osiyo chempionatlari erishilgan natijalarini sarhisob qilganimizda, aksariyat sport turlarida o'sish surati yaqqol ko'zga tashlandi. Ayniqsa, og'ir atletika, boks, engil atletika, baydarka va kanoeda eshkak eshish, shuningdek, Paralimpiya sport turlarida qo'lga kiritilgan muvaffaqiyatlar tahsinga loyiq. SHu o'rinda men, qolgan sport turlari federaciyalari rahbarlaridan Prezidentimiz takidlaganlaridek, marrani yuqori olishni va yaratib berilayotgan sharoitlardan oqilona foydalangan holda muvaffaqiyatlar salmog'ini yuksaltirishga etiborni kuchaytirishni so'rab qolgan bo'lardim. Zero, yuqorida sanab o'tilgan federaciyalarga yaratilayotgan sharoitlar qolgan federaciyalarda ham mavjud. SHunday ekan, biz bugungi kunda sport sohasini rivojlantirishga masul ekanligimizni, o'z vazifamizga professional tarzda yondashib, xalqimiz, Prezidentimiz ishonchini qozonishimiz, bu uchun hamjihat va hamfikr bo'lib harakat qilish zarurligini doimo yodimizda tutmog'imiz zarur”.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbari xalqaro maydonlarda erishilayotgan yutuqlarimiz salmog'ini yanada yuksaltirish uchun federaciyalarning sport bazalarini mustahkamlash, tuman (shahar) hamda viloyat miqyosida o'tkaziladigan musobaqalarni to'g'ri va samarali tashkil etish, shuningdek, mutaxassislarning tajriba va mahoratlarini oshirish maqsadida xalqaro seminarlarni ko'proq tashkil etish, terma jamoalar bosh murabbiylarining faolligini oshirish kabi masalasiga ham alohida to'xtaldi.

“Bosh murabbiylarning ish rejasi bilan shaxsan federaciya raisi yaqindan tanishib chiqqan bo'lish zarur. Ular barcha yoshdagi terma jamoalar bilan yaqindan aloqa o'rnatishlari va bu orqali etakchi sportchilarning munosib o'rinbosarlarini tayyorlash ishiga bosh-qosh bo'lishlari talab etiladi. Bosh murabbiylarga, shuningdek, xududlarga borib, joylarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishi hamda viloyat miqyosidagi musobaqalarni bevosita kuzatishlari uchun sharoitlar yaratib berilishi zarur” – dedi M.Usmanov.

Malumki, Milliy Olimpiya qo'mitasi qoshida “O'zbekiston Olimpiyachilarini qo'llab-quvvatlash jamoat Fondi” tashkil etilgan va terma jamoalarga xorijdan taklif etilgan mutaxassislarning oylik maoshlari ana shu jamg'arma mablag'lari hisobidan moliyalashtirilmoqda. Mazkur jamg'arma mablag'lari, shuningdek, sport bazalarini qurish va qayta rekonstrukciya qilish, ularni zarur sport jihozlari bilan taminlash, xalqaro sport maydonlarida yuqori natijalarga erishayotgan sportchilar va ularning murabbiylarini rag'batlantirib borishga ham yo'naltirilmoqda. Jamg'arma faoliyati xususida to'xtalar ekan, Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbari yig'ilganlar etiborini quyidagi jihatlarga ham qaratib o'tdi.

“Ayni paytda poytaxtimiz markazida qad rostlayotgan O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining yangi binosi ham ana shu jamg'arma mablag'lari hisobiga qad rostlayapti. Besh qavatdan iborat bo'lgan va joriy yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan ushbu binoda tibbiy-biologik markaz ham faoliyat ko'rsatadi. Bu ham o'z navbatida terma jamoalarimizga yaratilgan yana bir qulaylik bo'lib, endilikda sportchilar o'zimizda malakali (mahalliy va xorijlik) shifokorlar ko'rigidan o'tish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Tibbiy-biologik markaz eng zamonaviy tibbiy anjomlar bilan jixozlanadi”.

Yig'ilishda erishilayotgan yutuqlar bilan birga, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari xususida ham so'z yuritildi.

“Afsuski, yaratib berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, o'zidan yaxshi nom qoldirish o'rniga soxta obro' ketidan quvayotgan mutassaddilarimiz ham oramizda yo'q emas. Davlatimiz hamda xukumatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratilib, har bir federaciyalarga homiylar biriktirilganligiga qaramay, hamon joylarda tuman (shahar), viloyat musobaqalarini tashkil etish va bu orqali yangidan-yangi iqtidorlarni kashf etish ishlari yaxshi yo'lga qo'yilmagan. Qani aytinglarchi, bu ishlarga eng avvalo kim masul. Nahotki, bu ishlarni tashkil etish shu darajada qiyin bo'lsa. Bu uchun federaciya mutassadilari yanada fidoiy, joylarda sport sohasining masullari esa o'z ishiga jonkuyar bo'lishlari talab etiladi. O'tgan davr mobaynida sport sohasida amalga oshirilayotgan islohatlarni to'g'ri anglab etmagan va bugungi kun bilan yashashni odat qilib olgan ayrim mutassadilarimizga nisbatan qatiy choralar ko'rildi va bundan keyin ham boqibeg'amlik kayfiyatida yuradiganlarga nisbatan jiddiy choralar ko'rishda davom etaveramiz”, – dedi M.Usmanov

Ha, chindan ham bugungi kunda nafaqat viloyat markazlari, balki eng chekka qishloqlarimizda ham zamonaviy sport saroylari qad rostlamoqdaki, bu erda har qanday musobaqalarni yuksak darajada tashkil etish imkoniyatlari mavjud. Biroq, Respublika federaciyalaridagi masullar va xududlardagi vakillarning o'z ishiga sovuqqonlik bilan yondashayotganligi oqibatida mamlakat miqyosida o'tkazilayotgan musobaqalarda ishtirok etayotgan ayrim viloyat jamoalari nomigagina yohud tanish-bilish orqali shakllantirilmoqda. Nima sababdan o'tgan yilgi natijalarimizni yaxshilay olmadik yoki bo'lmasa, nimani hisobiga ko'rsatkichlarimiz pastga qarab sho'ng'iyapti deya, har bir musobaqani atroflicha sarhisob qilish o'rniga, asosiysi ishtirok etdik-ku, bu yog'i bir gap bo'lar. Bu yil bo'lmasa, kelasi safar biror-bir sovrinli o'rinni egallarmiz deydigan bunday “xayolparast” mutaxassislar faoliyatiga chek qo'yish kerak. Aks holda qanchadan-qancha iqtidorlar o'z istedodlarini namoyon eta olmay armonda qolaveradilar.

Yig'ilishda joriy yil Nankin shahri (Xitoy)da o'tkaziladigan o'smirlar Olimpiadasi hamda Incheon shahri (J.Koreya) mezbonlik qiladigan Osiyo va ParaOsiyo o'yinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari ham atroflicha muhokama qilindi. Ayni paytga kelib, Nankin o'yinlariga 17 nafar umidli sportchilarimiz licenziyalarni qo'lga kiritishgan bo'lsa, etti nafar Paralimpiyachilar navbatdagi ParaOsiyo o'yinlarida ishtirok etish xuquqini qo'lga kiritishgan (Osiyo o'yinlaridan farqli ravishda ParaOsiyo o'yinlarida qatnashish uchun licenzion musobaqalarda yo'llanmalarni qo'lga kiritish lozim). Oldinda har ikki nufuzli musobaqaga yo'llanmalar o'ynaluvchi sportning qator turlari bo'yicha musobaqalar mavjud va umid qilamizki, har ikkala musobaqada ishtirok etadigan delegaciyamiz safi o'yinlar boshlangunga qadar bir necha marta kengayadi.

“Ayni paytda Federaciyalar tomonidan har ikki musobaqaga prognozlar taqdim etilmoqda. Oldindan aytib qo'yay, bizga quruq vadalar kerak emas. SHu bois taqdim etilayotgan prognozlar har tomonlama puxta ishlab chiqilgan, kerak bo'lsa ilmiy asoslangan bo'lishi zarur. Ochig'i, aksariyat federaciyalar tomonidan berilgan prognozlarni qoniqarli deb bo'lmaydi. To'g'ri, bundan buyon sportchilarning tayyorgarligi, selekciya ishlari, qayd etilayotgan natijalar hamda moddiy – texnik bazalardan samarali foydalanish bo'yicha barcha javobgarlik Federaciyalarda shtat asosida faoliyat ko'rsatayotgan rais o'rinbosarlari, Bosh kotiblar va terma jamoalarning bosh murabbiylar zimmasiga yuklatiladi. Biroq, Davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilgach, o'z oldimizga yuqori marralarni qo'yishimiz kerakmi yoki bergan prognozlarimiz ertaga o'zini oqlamasa deb, pastroq ko'rsatkichlarni ko'rsatib yuraverish kerakmi. Albatta, bugungi kun bilan yashaydigan ayrim mutaxassislar uchun prognozlarni past qilib ko'rsatish qulaydir, lekin ichki imkoniyatlardan Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo'mitasi yaxshi xabardor ekanligini nazardan qochirmanglar. Yana bir jixat, mazkur musobaqalar orqali sportchilarimizni “Rio-2016” o'yinlariga tayyorlash ishlarimiz nechog'lik to'g'ri yo'ldan ketayotganligi yanada oydinlashadi”, - dedi Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbari.

Ha, sport shunday qudratga egaki, bir vaqtning o'zida butun dunyoni bir joyga jamlay oladi. Sportchi shunday kuchga egaki uning bir o'zi tug'ilib o'sgan Vatani dovrug'ini butun olamga doston eta oladi. SHukurlar bo'lsinkim, yurtimizda Vatan shon-shuhratini xalqaro sport maydonlarida munosib himoya qilayotgan yurtdoshlarimiz ko'pchilikni tashkil etadi. Bu kabi yutuqlarni qo'lga kiritilishida eng avvalo ozod va obod yurtimizda xukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, Davlatimiz rahbari tomonidan barcha sohalar kabi jismoniy tarbiya va sport sohasiga qaratilayotgan etibor, sport jamoatchiligining fidokorona mehnatlari hamda sportsevar xalqimizni qo'llab-quvvatlab turganligi asosiy omil bo'lmoqda. Niyatimiz, O'zbekiston sportining zafarli onlari sarhad bilmasin.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика