So’nggi yangiliklar

12:43Бобур Йўлдошев: "Бундай темпдаги ўйинлар битта голгача бўлади"  0 12:38"Реал"га бразилиялик юлдузни 70 млн еврога сотиш таклиф қилинди  4 12:04Лоренцо Лукка - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  2 11:44Луис Качорри нега 74-рақамни танлагани, Суперлигада чемпионликка даъвогарлар ҳамда Италия ва ўзбек футболи ҳақида гапирди  2 11:27Жавоҳир Рўзиев: "Мен учун индивидуал маҳоратдан жамоа манфаати муҳимроқ"  1 11:07«Реал»нинг уч нафар футболчиси жаримага тортилди  16 11:00Ҳамидулло Абдунабиев: "Мураббийларнинг кўрсатмаларига амал қилсак, "Бухоро"ни яна мағлуб этамиз"  0 10:38Give me Sport. Айни вақтдаги энг яхши ярим ҳимоячилар рейтинги тузиб чиқди  8 10:12«Рома» футболчиси ёзда фаолиятини якунлашини эълон қилди  1 09:42Уильямс бир шарт билан «Арсенал»га ўтишга рози  1 09:10«Реал» бош мураббийи Анчелотти келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  9 08:38Моуринью терма жамоани бошқариши мумкин  2 08:03Роналду «Ал Ҳилол»ни мағлуб этганидан сўнг нималар деди?  20 07:35Суперлига. Бугун Фарғонада супер учрашув бор  26 02:24Суперлига. "Сурхон"дан мавсумдаги илк ғалаба, "Қўқон-1912"дан илк мағлубият, "Бунёдкор" ўз уйида "меҳмон" бўлди  2

"Mirabror Usmonov Memorial Cup-2022" turniri oldidan jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi Yangiliklar

"Mirabror Usmonov Memorial Cup-2022" turniri oldidan jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi

Unda Yaponiya, Tojikiston, Eron va O'zbekiston U-16 terma jamoalari ustozlari qatnashishdi.

Yaponiya U-16 jamoasi bosh murabbiyi Yoshiro Moriyama:

— Ushbu turnir biz uchun har tomonlama muhim hisoblanadi. Biz o'yinlar orqali jamoaviy muhitni yaxshilash va qolgan jamoalar bilan munosabatlarni mustahkamlab olmoqchimiz. Buning uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirmoqchimiz.

Mirabror Usmonov qanday inson bo'lganliklari haqida bizga aytib berishdi. Bundan insonlar xotirasiga turnir o'tkazish albatta yaxshi holat.

Tojikiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Rahmatillo Fuzaylov:

— Avvalo taklif uchun rahmat aytamiz. Bu turnir biz uchun Osiyo Rubogi saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Bu musobaqaga Osiyoning eng kuchli jamoalari yig'ilgan. SHu sababli musobaqa qizg'in o'tishiga ishonaman. O'yinlar davomida o'zimizning imkoniyatlarimizni ko'rib olmoqchimiz va shunga qarab ishlashni davom ettiramiz

Mirabror Usmonov haqida ko'p narsa eshitganman. U insonni juda yaxshi bilaman. Osiyo miqyosida ham mashhur va taniqli shaxs edi. Bu kabi turnirlar orqali bunday insonlarni xotirlab turish albatta yaxshi g'oya hisoblanadi.

Eron U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Huseyn Abdi:

— Ajoyib saviyadagi jamoalarni bir joyga yig'ib, musobaqa tashkil etganliklari uchun tashkilotchilarga rahmat aytmoqchiman. Biz bu musobaqaga bir oydan buyon tayyorgarlik ko'ryapmiz. Bundan ilgari CAFA turniri orqali ham O'zbekiston bilan to'qnash kelganmiz. Raqiblarimizni yaxshi o'rganishga harakat qildik. Umuman olganda, bu turnir bizga ko'p narsa bera oladi, chunki biz yuqori darajadagi jamoalarga qarshi o'ynaymiz.

O'zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev:

— Bu musobaqa o'zbek futboli uchun ko'p hissasini qo'shgan inson — Mirabror Usmonov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilmoqda. Raqiblar haqida aytadigan bo'lsam, haqiqatan ham ajoyib jamoalar yig'ilgan. Bizga bu musobaqa oldimizda turgan Osiyo Kubogi saralash bahslari oldidan tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Masalan, Yaponiya singari har tomonlama kuchli jamoa bilan o'ynash bizga albatta ajoyib tajriba beradi.

Aytib o'tganimdek, bu turnir bizga saralash bahslariga tayyorgarlik hisoblanadi. Lekin bu – natija muhim emas, degan manoni anglatmaydi. CHunki biz uyda, muxlislar qarshisida o'ynaymiz.

Bundan tashqari, turnir davomida futbolchilarimizning imkoniyatlarini ko'rib olishni maqsad qilganmiz. Umuman olganda, bu turnir biz uchun har tomonlama muhim hisoblanadi.

Barcha jamoalarga omad tilayman.

Eslatib o'tamiz, ertaga soat 18:30 da "Mirabror Usmonov Memorial Cup-2022" turnirining tantanali ochilish marosimi "Jar" stadionida start oladi. SHundan keyin O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Eron U-16 terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика