Minole: "Saloh Luis Suaresdan kuchliroq"
24 apr 2018 16:44
Yangiliklar
Minole: "Saloh Luis Suaresdan kuchliroq"
"Liverpul" darvozaboni Simon Minole jamoa yarim himoyachisi Muhammad Salohni qizillar sobiq forvardi, hozirda "Barselona"da o'ynayotgan Luis Suares bilan tenglashtirdi.
"Luis Suares hujumda hech kimni ayamas edi, biroq tezlik va texnik borasida Saloh kuchliroq.
Albatta, bu mavsum menga berilayotgan o'yin amaliyoti kam, biroq iloji boricha ko'proq jamoadoshlarimga yordam berishga harakat qilyapman. Milner men bilan penalti amaliyotini yaxshi ko'radi. "Bornmut"ga qarshi bahs oldidan unga Begovich o'yini haqida aytib bergan edim" - deydi Minole.
Fikrlar