Minole: "Bryugge" hujumchilari Firminodan ko'ra yaxshiroq"
14 jan 2020 23:29
Yangiliklar
Minole: "Bryugge" hujumchilari Firminodan ko'ra yaxshiroq"
Hozir "Bryugge" klubi darvozasini qo'riqlayotgan Simon Minole ("Liverpul"ning sobiq darvozaboni) jamoadoshlari Xans Vanaken va Ruud Vormerlar hujumni yakunlash borasida ingliz klubidagi sobiq jamoadoshi Roberto Firminodan ko'ra kuchliroq ekanini takidladi.
"Xans ham, Ruud ham hujumlarni juda yaxshi yakunlaydi. Albatta, Firmino va Saloh aql bovar qilmas futbolchilar, ammo Firmino "qotil" hujumchilar sirasiga kirmaydi. Xans i Ruud hujumlarni yakunlash borasida unga yutqazishmaydi. Hatto ular Firminodan yaxshiroq ekanliklarini ayta olaman. Ularning darajasini Muhammad Saloh bilan taqqoslash mumkin", — dedi Minole "Het Laaste Nieuws" nashriga bergan intervyusida.
Taqqoslash uchun, Firmino joriy mavsum "Liverpul" safida 9 ta gol urdi (31 o'yin), Vormer 3 (30 ta bahsda), Vanaken esa 13 ta (33 uchrashuv) golga mualliflik qilgan.
Fikrlar