Mingesa "Barsa"ning "Elche"ga qarshi o'yinida asosiy tarkibda tushishi mumkin. Destda mushak jarohati bor
24 jan 2021 10:15
Yangiliklar


Mingesa "Barsa"ning "Elche"ga qarshi o'yinida asosiy tarkibda tushishi mumkin. Destda mushak jarohati bor
"Barselona" markaziy himoyachisi Oskar Mingesa dastlabki daqiqalardanoq o'ng qanot himoyasida maydonga tushishi mumkin.
21 yoshli ispaniyalik futbolchining yakshanba kuni La Liga doirasidagi "Elche"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi kutilmoqda.
Mingesa Ispaniya Superkubogi finali doirasidagi "Atletik" (2:3)ga qarshi o'yinning birinchi bo'limidan so'ng mushak jarohati sabab almashtirilgan Serjino Destning o'rnida o'ynashi mumkin. 20 yoshli amerikalik juma kungi mashg'ulotni o'tkazib yubordi.
Mingesa joriy mavsumda bir necha bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. U so'nggi bor Ispaniya Kubogi doirasidagi (21 yanvar, "Kornelya" - 2:0)ga qarshi o'yin asosiyda tushgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar