So’nggi yangiliklar

02:55АПЛ. Кэррикнинг мағлубиятсиз серияси давом этади: "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Эвертон"ни мағлуб этди  7 00:17"Бу — шармандалик!" — Паулу Фонсека Трампга Тинчлик мукофоти берилгани ва ЖЧ-2026 АҚШда ўтишига қарши чиқди  3 00:00"Эвертон" — "Манчестер Юнайтед": Таркиблар маълум!  7 23:25"Милан" футболчиси жағ қисмидаги синиш сабаб узоқ муддатга сафдан чиқди  2 22:52Можаро авжида: Престианни Мбаппе ва Винисиусни судга бермоқчи!  12 22:19"72 йил давомида ҳакамлар бошлиғи "Реал" одамлари бўлган!" — Лапорта "Негрейра иши" бўйича баёнот берди  12 21:52"У 10 нафар футболчини алмаштирмоқчи эди" — Лапорта Хавининг истеъфоси ҳақидаги ҳақиқатларни очиқлади  10 21:20"Роналду ЖЧни ютмаса ҳам тарихдаги энг буюги бўлиб қолаверади" — Роберто Мартинес  8 20:47Моуринью яна "бойкот" эълон қилди: "Special One" Мадриддаги матбуот анжуманига кирмайди  8 20:32ФИФАдан янгилик: Энди жароҳат олган футболчилар майдон ташқарисида 1 дақиқа қолишга мажбур бўлади!  7 20:02Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Ривожланиш Кубогида бронза медалига эга чиқди  5 19:49"Бунёдкор" "Шўртан" билан дуранг ўйнади  2 19:34Расман: Престианни дискриминацион хатти-ҳаракат сабаб "Реал"га қарши навбатдаги ўйинда иштирок этмайди  29 19:12"Ювентус" мартда Влахович билан учрашув ўтказади  1 18:43Мбаппе ПСЖга қарши судда ғалаба қозонди  7

Minbarda "Paxtakor" PFK matbuot kotibi: Behzod Nazarov Yangiliklar

Minbarda "Paxtakor" PFK matbuot kotibi: Behzod Nazarov

Saytimizda klub matbuot xizmati vakillari bilan suhbat uyushtiramiz va ularning ish faoliyatlari bilan tanishamiz.
Behzod Nazarov, Paxtakor matbuot xizmati xodimi.

1. Bu klubga kelishingiz qanday yuz bergan va qachondan beri ishlayapsiz?

- 2008 yildan klubga Osiyo CHempionlar ligasi o'yinlarini o'tkazishda yordam berib yurardim. Keyinchalik 2009 yilning avgust oyidan rasman ish boshlashni taklif qilishdi. O'sha paytda matbuot xizmatida Mirzahakim To'xtamirzaev va Nodirxo'ja Yuldashev faoliyat yuritardi.

2. Matbuot xizmati bo'limida necha kishi faoliyat yuritadi?

- Ayni paytda Nodir Abduqodirov, men, foto va video operator.

3. Klub tomonidan qancha maosh to'lanadi? Yaratilgan sharoit sizni qoniqtiradimi?

- Maoshim o'rtacha. SHaroitlarni zo'r deb bo'lmas, lekin nolisak ham yaxshi bo'lmaydi.

4. Klub faoliyati ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Instagram, Twitter) qay darajada yoritib boriladi?

- "Tvitter" va "Feysbuk" orqali barcha malumotlar berib boriladi. "Instagram"da asosan uchrashuvlardan suratlarni joylab boramiz.

5. Safar o'yinlariga borish siz uchun muammo tug'dirmaydimi?

- Yo'q, muammo emas. Uchrashuvdan bir kun oldin manzilga etib boramiz.

6. Klub ekipirovkasini olasizmi?

- Yo'q.

7. Mukofot puli olasizmi?

- Yo'q.

8. Jamoa bilan xorij yig'inida ishtirok etasizmi?

- Yo'q.

9. Jamoa avtobusida massajchi, mamur va klub shifokorlari kabi o'z o'rningiz bormi yoki qaysi o'rindiq bo'sh bo'lsa o'sha erga o'tirasizmi?

- Safarga asosan samolyotda boriladi. Avtobusda esa faqat mehmonxonadan stadionga yo'l olamiz. Uchrashuvdan oldin asosan video operator yoki futbolchilardan biri bilan birga o'tiraman.

10.  Stadionda OAV vakillari uchun yaxshi servis yo'lga qo'yilganmi? Simsiz internet, yani wi-fi, media-tribuna va boshqa sharoitlar?
- SHaroitlarimiz yaxshi bo'lsa kerak,  har holda, bahoni jurnalistlar berishadi. OAV uchun  31ta o'rindiq bor, o'yinni televizor orqali kuzatish imkoniyati ham mavjud. TV va radio sharhlovchilari uchun qulayliklarga ega alohida xonalar bor. Internet ishlaydi, ammo bazan sifati yaxshi emas. Bu endi aloqa bilan bog'liq muammolar. Imkon bo'lganda ular uchun suv, meva va engil tamaddi muhayyo etishga intilamiz.

11. Qaysi klub matbuot xizmatiga havas bilan qaraysiz va nega?
- SHaroitlari va barcha texnikaga egaligi bo'yicha "Bunyodkor" matbuot xizmatiga havas qilaman. Ular ishni ham shunga yarasha yuqori saviyada yo'lga qo'yishgan.


P.S. Ushbu loyiha matbuot kotiblarini klub rahbariyati oldidagi mavqeini oshirish maqsadida qilindi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика