Minaminoning “Liverpul”dagi debyut o'yini qachon bo'lishi malum
02 jan 2020 20:20
Yangiliklar


Minaminoning “Liverpul”dagi debyut o'yini qachon bo'lishi malum
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaning yangi azosi Takumi Minamino qachon debyut uchrashuvini o'tkazishi haqida malumot berdi.
“Biz uni Angliya Kubogi doirasida o'tkaziladigan “Everton”ga qarshi bahs uchun qaydnomadan o'tkazmoqchimiz. Mavsumning ushbu qismida biz uning maydonga 15 haftadan keyin tushishini kuta olmaymiz. Martgacha jamoaga moslasha oladimi? Bunga javob bera olmayman. Biz «Red Bull Zalcburg» o'yinchisi bilan shartnoma imzoladik, shu bois hozir u o'zgarishi kerak emas. U qanday bo'lsa, shundayligicha qolishi zarur. U bilan birga ishlashni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Biz biroz suhbatlashishga ulgurdik. Bizga qarshi o'yinda u ajoyib harakat qilgandi”, – deydi Klopp.
Eslatib o'tamiz, “Liverpul” – “Everton” bahsi 5 yanvar sanasiga belgilangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar