Milner: "Muvaffaqiyatga erishish uchun "Liverpul"da kuchli tarkib bor"
26 avg 2015 16:10
Yangiliklar


Milner: "Muvaffaqiyatga erishish uchun "Liverpul"da kuchli tarkib bor"
"Liverpul" yarim himoyachisi Jeyms Milner jamoa tarkibiga baho berdi.
"Jamoa qanday muvaffaqiyatga erisha olishini mavsum oxirida bilib olamiz. Bu klub menga juda yoqadi, yozda katta o'zgarishlar bo'ldi, bu maydonda va uning tashqarisida bilinib turadi. Futbolchilar bir-biriga o'rganishi uchun vaqt kerak.
"Liverpul"ga o'tish mening qarorim, bu jamoada ekanligimdan xursandman. Har bir daqiqadan rohat olyapman. "Liverpul" g'alaba qozonishga o'rganib qolgan klub. Tarkibda juda kuchli futbolchilar yig'ilgan, tajribalilar, yoshlar, chet elliklar bor. Muvaffaqiyat uchun kuchli tarkib mavjud" - deydi Milner.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar