Milikning goli VAR orqali bekor qilindi, ammo qizil kartochka o'z kuchida qoldi. Nega?
12 sen 2022 12:25
Yangiliklar
Milikning goli VAR orqali bekor qilindi, ammo qizil kartochka o'z kuchida qoldi. Nega?
Bahs oxiri juda ko'p munozaralarga boy bo'ldi. 90+5-daqiqada 2:2 hisobi kuzatilib turgan paytda "Yuventus" hujumchisi Arkadiush Milik gol urdi - 3:2. SHundan keyin barchasi boshlandi. Polshalik futbolchi jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qolgani uchun golni futbolkasini echib nishonladi va 83-daqiqada ogohlantirilgan Milich o'z-o'zidan maydondan chetlatildi. Futbolchi bundan u qadar xafa bo'lmadi, sababi jamoasiga g'alaba keltirmoqda... Ammo o'rtaga VAR chiqdi. Bosh hakam VAR'ni ko'rdi va Milik gol urayotganida o'yindan tashqari holatda turgan Bonuchchi to'pga intilgani uchun ofsayd deb topdi va golni bekor qildi - 2:2.
Milikning qizil kartochkasi esa...bekor qilinmadi. Sababi futbolning amaldagi qoidalariga ko'ra, bunday holatda kartochkalar bekor bo'lmaydi. SHunday ekan, hujumchilarga maslahat - faqat VAR'dan keyin futbolkani echinglar)
Juventus Gleison Bremer - 51', Leonardo Bonucci - 90' Serie A . 6-tur 12/09/2022, 00:45
Salernitana Antonio Candreva - 18', Krzysztof Piatek - 45' Stadion: Allianz Stadium, 35097 tomoshabin Bosh hakam: Matteo Marcenaro
Narzulla Saydullaev
Fikrlar