Milik jarohati sabab Evroda ishtirok etmaydi
08 iyu 2021 09:40
Yangiliklar
Milik jarohati sabab Evroda ishtirok etmaydi
Polsha terma jamoasi forvardi Arkadiush Milik Evropa chempionatida o'ynamaydi.
Hujumchi terma jamoaga jarohat bilan keldi va uni ikki hafta davomida davolashga harakat qilishdi. Ammo, seshanba kuni malum bo'lishicha, jarohat Milikka to'laqonli yuklamalar bilan o'ynashga imkon bermaydi, futbolchi shu sabab termani tark etdi.
Polyak jamoasi bosh murabbiyi Paulu Souza Milikning o'rniga hech kimni chaqirmaslikka qaror qildi.
Oldinroq, jarohati sabab polshalik yana bir forvard Kshishtof Pyontek ham Evroda ishtirok etmasligi malum bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar
08:43
O'zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi o'z mamlakatida 2024 yilning eng yaxshisi bo'ldi 2
Fikrlar