"Milan"ga qarshi o'yinda Keza "Liverpul" safida debyut qilishi mumkin
17 sen 2024 13:00
Yangiliklar


"Milan"ga qarshi o'yinda Keza "Liverpul" safida debyut qilishi mumkin
"Liverpul" ustozi Arne Slot jamoa azosi Federiko Keza CHempionlar ligasi umumiy bosqich 1-turi doirasida "Milan"ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkinligini malum qildi.
Italiyalik avgust oyi oxirida "Yuventus"dan mersisaydliklar safiga ko'chib o'tgandi.
"U birinchi marta qaydnomaga kiritildi va agar u darhol asosiy tarkibdan o'rin olsa, ko'pchilik uchun kutilmagan holat bo'ladi. Nazarimda, uni ilk daqiqalardan kutmagan maqul, lekin agar kerak bo'lsa, u maydonga tushishi deyarli aniq. U "Yuve"da anchagina vaqt individual tarzda mashg'ulotlar olib borgan va hali 90 daqiqa o'ynashga tayyor emas. Keyingi uchrashuvlarda u to'liq harakat qilishga tayyor bo'ladi, deb umid qilaman".
O’xshash yangiliklar
12:17
Arteta: "Chempionlik poygasidagi vaziyat 3 oy avval qanday bo'lsa, o'shandayligicha qolmoqda" 10

Fikrlar