So’nggi yangiliklar

18:29Ўзбекистон Кубоги. "Қўқон-1912" – "Бунёдкор", "Шўртан" – "Арал" баҳслари учун таркиблар маълум бўлди  0 18:03Капелло: "Бу Италия терма жамоасида "дух" йўқ"  0 17:33Расман: Жоан Гарсия - "Барселона" футболчиси  6 17:04Афғонистон Россияга ўртоқлик учрашуви ўтказишни таклиф қилди  4 16:32Қасим-Жомарт Тоқаев Шавкат Мирзиёевни миллий жамоа жаҳон чемпионатига чиққани билан табриклади  2 16:15Эрон билан можаро туфайли легионерлар Исроил клубларини ортиқча шартларсиз тарк этиши мумкин  5 15:55Жоан Гарсия "Барселона"га ўтиш учун ўз шартномасини сотиб олди  2 15:18Клублар ўртасидаги ЖЧ учрашувига уч минг мухлис келди. Бу турнирдаги энг ёмон натижа  4 15:12ВАР ва АВАР ҳакамлари учун ФИФА семинари бўлиб ўтади  1 14:57"Манчестер Сити"га янги сардор тайинланди  4 14:21Ўзбекистон Кубогидан ўрин олган “Бухоро” — ОКМК учрашувини бошқарадиган ҳакамлар номи маълум бўлди  1 14:15Пролига 10-турида ишловчи расмийлар эълон қилинди  0 13:38АПЛ 2025/26 мавсум тақвими эълон қилинди: МЮ 1-турда "Арсенал"ни қабул қилади  6 12:54"Манчестер Юнайтед" ўз футболчиси учун "Наполи"дан 25 млн. евро сўрамоқда  1 12:24Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионати 2-тур ўйинида ишлайди  3

"Milan"da o'ynamagan Milan! Yangiliklar

"Milan"da o'ynamagan Milan!

Bugun o'z tavallud ayyomini nishonlayotgan chexiyalik futbolchi Milan Barosh haqidagi malumotlarni taqdim etishga qaror qildik.


Milan Barosh 1981 yilning 28 oktyabrida CHexiyada tug'ilgan. "Slovan" jamoasi futbolchisi. CHexiya terma jamoasi tarixidagi ikkinchi raqamli to'purar.

Skautlar Baroshni CHexiya yoshlar terma jamoasi safidagi o'yinlari orqali yaxshi tanishardi.

Jerar Ule uni "Liverpul"ga taklif etganida ham futbolchi hali haqiqiy katta futbol havosidan nafas olmagan, haqiqiy "jang"larda ishtirok etmagandi.  Avvaliga uning Angliyadagi ishlari yurishmaydi. Biroq, 2002/03 mavsum qahramonimiz uchun omadli boshlanadi. Uning to'p bilan muomala qilish uslubi “Liverpul” o'yinlarining bezagiga aylangandi.



Milan Barosh haqida gap ketganida Evro-2004ni eslamaslik noto'g'ri bo'lardi. Hujumchi yosh bo'lishiga qaramay, o'sha turnirda 5 ta gol kiritgan holda turnir to'purariga aylanadi. Terma jamoa safida yarim finalgacha etib boradi.


U shuningdek, 2004/05 yilgi mavsumni ham ajoyib boshlagandi. Biroq, mavsum yakuniga qadar u o'z o'yinini yo'qotib qo'ydi va “qizillar” bosh murabbiyi Rafael Benites futbolchini “Aston Villa”ga ijaraga berib yuborishga qaror qiladi.

2007 yilning yanvarida u yana o'zining sobiq bosh murabbiyi Jerar Ule jamoasiga borib qo'shiladi. Bu safar Barosh “Lion” safida paydo bo'ldi. Franciyadagi faoliyat ham Milan uchun omadli keldi deya olmaymiz. Oradan oz vaqt o'tib, Baroshni “Ferrari”da tezlikni oshirgani uchun to'xtatishadi. Maydondagi ishlari shundoq ham yurishmayotgan futbolchining “Lion”ni tark etishi haqidagi xabar hech kimni hayron qoldirgani yo'q.

2008 yilda u yana Tumanli Albionga yo'l oladi. Albatta, ijara asosida. Baroshning navbatdagi jamoasi “Portsmut” edi. U jamoasi bilan mamlakat kubogini qo'lga kiritadi.
Lekin, Barosh baribir klub bosh murabbiyi Rednappda yorqin taassurot qoldira olmaydi va “Lion”ga qaytib ketadi.

Yozda esa Turkiyaga, “Galatasaroy” safiga borib qo'shiladi. Nihoyat istambulliklar safida u uzoq vaqt ushlanib qola oldi. 2008 yildan 2013 yilgacha bo'lib o'tgan mavsumlar davomida u jamoasi safida 93 ta o'yinda maydonga tushib, 48 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.



2013 yildan boshlab esa yana sarguzashtlar boshlanadi. Avvaliga “Banik”da o'ynagan futbolchi, keyinchalik yana Turkiyaga, “Antalyaspor”ga o'tadi. Keyingi mavsum yana CHexiyada, “Banik” safida o'tadi. 2015 yilda esa “Mlada-Boleslav” tarkibida 21 ta o'yinda maydonga tushib, 6 marotaba raqib darvozasini ishg'ol qilgan. Joriy mavsumni esa “Slovan”da o'tkazayotgan hozircha 1 tagina o'yinda maydonga tusha oldi halos.


Yutuqlari:

"Liverpul"

CHempionlar ligasi g'olibi: 2004/05
Angliya ligasi kubogi sohibi: 2003


"Lion"

Franciya chempioni: 2007/08


"Portsmut"

Angliya kubogi sohibi: 2007/08


"Galatasaroy"

Turkiya chempioni: 2011/12
Turkiya superkubogi sohibi: 2012



Terma jamoa

Yoshlar o'rtasida Evropa chempioni: 2002
Evropa chempionati bronza medali sohibi: 2004
Evropa chempionatining eng yaxshi to'purari: 2004 (5 ta gol)
Olimpiada-2000 ishtirokchisi, JCH-2006 ishtirokchisi, Evro-2008 va Evro-2012 ishtirokchisi


Aziz To'xtamurodov

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика