"Milan" "Yuventus"ga Bonuchchini beradi va yana 30 mln to'laydi

Mirjalol Normatov
29 iyul 2018, 16:44
"Yuventus" hujumchi Gonsalo Iguainni "Milan"ga sotishga tayyor.

"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, Turin superklubi rahbariyati "Milan"ga Iguainning transferidagi o'z shartlarini ma'lum qilgan. Unga ko'ra, "Milan" himoyachi Leonardo Bonuchchini beradi va undan tashqari 30 mln evro to'laydi.

Krishtianu Ronalduning transferidan keyin Gonsalo Iguain ham "Milan"ga o'tishga rozi bo'lib turibdi.

O'tgan mavsumda argentinalik futbolchi "Yuve" tarkibida 50 o'yinda qatnashib, 23 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport