"Milan" "yangi Pirlo"ning agenti bilan muzokaralarni boshladi
09 apr 2020 11:31
Yangiliklar


"Milan" "yangi Pirlo"ning agenti bilan muzokaralarni boshladi
"Breshia" yarim himoyachisi Sandro Tonali faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin.
"Milan" rahbariyati xavbek bilan shartnoma imzolamoqchi va allaqachon o'yinchining agenti bilan uchrashuv o'tkazdi.
Andrea Pirlo aytganidek, "Italiya chempionatining eng yaxshi yarim himoyachisi"ga "Yuventus", PSJ va bir qator ingliz klublari qiziqmoqda.
"Breshia" Italiya terma jamoasi o'yinchisini 50 million evrodan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.
"Breshia"ning 19 yoshli tarbiyalanuvchisi joriy mavsum A Seriyada 23ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 5ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar