"Milan" va "Inter" 3-marotaba ECHLda o'zaro o'ynaydi
20 apr 2023 07:54
Yangiliklar


"Milan" va "Inter" 3-marotaba ECHLda o'zaro o'ynaydi
Milan klublari uchinchi marotaba ECHL pley-offida o'ynaydi.
Jamoalar bungacha ikki marotaba ECHLda o'zaro to'qnash kelishgan. 2002/03 yili yarim finalda "Milan" safardagi gol evaziga (0:0, 1:1) finalga yo'l olgan.
2004/05 yilgi mavsumda esa jamoalar chorak finalda o'yin o'tkazishgan. Birinchi o'yinda "Milan" 2:0 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa, ikkinchi bahsda "Inter" muxlislar sabab 0:3 hisobida texnik mag'lubiyatga uchragan.
Ushbu to'rtta o'yinda "Inter" umuman g'alaba qozona olmagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar