"Milan" Teo Ernandes bilan xayrlashmoqchi emas
01 iyu 2021 13:30
Yangiliklar
Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda. Futbolchiga PSJ jiddiy tarzda qiziqmoqda, ammo milanliklar o'yinchini sotmoqchi emaslar.
Bundan tashqari, texnik direktor Paolo Maldini Ernandesning agenti bilan uning shartnomasini uzaytirishni muhokama qilmoqda. Unga ko'ra, futbolchining maoshi 3,5 million evroga qadar ko'tariladi.
Franciyalik futbolchi hozirda 1,5 million evro maosh olmoqda, bitim esa 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar