So’nggi yangiliklar

21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  0 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  1 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  1 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   5 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7 19:00МЮ "Брайтон" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда. "Милан" ҳам ушбу футболчи борасида маълумот йиғяпти  0 18:33Машарипов кичик жароҳат олди  1 18:30Тома Табатадзе "Нефтчи"ни тарк этди  8 18:15Лука Модрич: "Милан" – болалигимдаги севимли жамоам, Бобан эса кумирим эди"  11 17:52Диас "Ливерпуль"дан кетишга тайёр. "Барселона" ва "Бавария" янги таклифлар тайёрламоқда  2 17:37CAFA: Малайзия нотўғри иш қилди. Турнир саналари аввалдан эълон қилинган эди  13 17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   2 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  33

Milan Mitrovich: "So'g'diyona"da birinchi bor bunday holatga tushyapman, kechagi penalti 50/50 vaziyat edi" Yangiliklar

Milan Mitrovich: "So'g'diyona"da birinchi bor bunday holatga tushyapman, kechagi penalti 50/50 vaziyat edi"

"So'g'diyona" darvozaboni Milan Mitrovich "Paxtakor"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

"Hech narsa o'xshamayapti. Bilmadim, ochig'i xayronman. Biz 4 yil davomida bir murabbiy va bir xil uslubda to'p tepdik. Keyinchalik murabbiy, tarkib o'zgardi. Vaziyatlardan foydalana olayotganimiz yo'q. Natijada raqiblar bizni jazolab ketmoqda. Ivan Boshkovich bilan ijobiy natijalar ham, g'alabalar ham kelishiga ishonaman. "Paxtakor" bilan birinchi bo'limda 4ta yaxshi imkoniyat yaratdik. Ammo gol uramas ekansan yuta olmaysan",- deydi Mitrovich. 

- Penalti shundoqqina ko'z oldingizda belgilandi. Hakamlarning qarori adolatlimi?

- O'ylaymanki, 50/50 vaziyat edi. Biron narsa deyish qiyin. "Metallurg", "Paxtakor" darvozamizga yo'llagan zarbalari gol bo'lyapti. Balki omadsizlikmi nima deb izohlashga ham ojizman. "So'g'diyona"da 5 yil o'ynamoqdaman. Lekin ilk bor bunday holatga tushyapman. 

- Ichki muhitda muammo yo'qmi?

- Bu borada hammasi joyida. Aytdimku, murabbiy o'zgardi. Faqatgina o'tgan yilgidan jamoaning yarimi qoldi. Ular bitta uslubga ko'nikkan. SHu falsafa bilan OFK kubogiga chiqdik, chempionatda ikkinchi o'rinni oldik. Keyinchalik taktika almashdi. Bunga moslashishga vaqt zarur. Biroq bu bahona emas. CHunki 4 oy vaqt o'tdi. Omad, omad va yana omad. Gap murabbiyda emas, futbolchilardadir. Biz o'ynay olmayotgandirmiz. Men har o'yinda gol o'tkazib yuboryapman. Balki himoyachilar, hujumchilar, yarim himoyachilar xato qilyapti. Ivan Boshkovich yaxshi murabbiy. U aybdormasdir. Ichki muhit yaxshi. SHunchaki o'xshamayapti. 4 yil hammasi o'xshadi. Kam gol o'tkazib yubordik, ko'p ochko ishladik. Aksariyat bahslarda darvozamiz dahlsizligini saqlab qoldik. Hozirchi? SHok holat. Biz avvalgi yillarda faqat natijaga o'ynadik. Vaziyatimizni kutamiz, gol uramiz va himoyalanamiz. Qarab turibsizki kamida 1 ochko bor, darvozamizga gol yo'q. Bugun esa futbol o'ynayapmiz. Ochiq o'yin bo'lyapti. "Bunyodkor" biz bilan bitta vaziyatidan foydalanib ketdi. Raqib posboni so'nggi daqiqada zo'r turdi. Jamoa oxirgi o'rinda. To'g'ri o'yinlar ko'p. Lekin bunday ketishda qiyin bo'ladi. 

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика