Milan Marchich: "O'yin suratini olib qaraganda "Bunyodkor"da vaziyatlar ko'p bo'ldi"

Omonjon To`xtamirzayev
7 avg 2023, 12:32
"Bunyodkor" yarim himoyachisi Milan Marchich kecha jamoa libosidagi debyut uchrashuvini o'tkazdi.

Ilk o'yindan maydonda yaxshi taassurot qoldirgan serbiyalik futbolchi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"O'yin murosasiz o'tdi. Ikki jamoa ham hujum qildi. Raqib g'alabani saqlab uchun oxirigacha kurashdi, biz esa hisobda ortda qolayotgan edik. Aslida o'yin suratini olib qaraganda bizda ham vaziyatlar ko'p bo'ldi. Lekin faqat 1ta gol urdik. Nima ham deyish mumkin, keyingi o'yinlarga yaxshiroq tayyorgarlik ko'ramiz. 

Debyut o'yinimda yutishni istagandim. Lekin shunaqasi ham bo'lib turadi. Jamoamiz o'yindan-o'yinga o'z holatini yaxshilab borishiga ishonaman", - deydi Marchich.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia