Milan klublari Zappakosta uchun kurashadi
14 may 2021 20:00
Yangiliklar
Milan klublari Zappakosta uchun kurashadi
"CHelsi" himoyachisi Davide Zappakosta "Milan" va "Inter" jamoalarining qiziqishlari doirasiga tushib qoldi, deya xabar tarqatdi "Calciomercato".
Klublarning har ikkovi 28 yoshli italyanni sotib olishga harakat qilib ko'radi.
Malumot uchun, joriy mavsumni ijara asosida "Jenoa" tarkibida o'tkazayotgan Zappakosta 24 uchrashuvda 4 ta gol urib, 2 bor jamoadoshlariga shunday imkoniyat yaratib bergan. "Transfermarkt" uni 8 million evroga baholamoqda.
Fikrlar