“Milan” klubga Sarrining bosh murabbiy bo'lishini xohlamoqda
17 may 2019 08:28
Yangiliklar


“Milan” klubga Sarrining bosh murabbiy bo'lishini xohlamoqda
Milanliklar “CHelsi” murabbiyini o'z tomoniga og'dirib olishga harakat qilib ko'radi.
“Rossonerilar” 60 yoshli Mauricio Sarriga 3 yillik shartnoma taklif qilmoqchi. “Milan” murabbiyga yiliga 3 mln evro maosh to'lashga tayyor. Tez orada jamoa bosh direktori Ivan Gazidis Sarri bilan muzokara olib borish uchun Londonga borishi kutilmoqda.
Avvalroq “CHelsi” xo'jayini Roman Abramovich agar jamoa Evropa Ligasini yuta olmaydigan bo'lsa, Sarrini ishdan bo'shatishi haqida xabar berilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar