"Milan" "Inter" rekordini takrorladi, "Yuve" rekordigacha yana 7 o'yin bor
10 jan 2021 10:56
Yangiliklar


"Milan" "Inter" rekordini takrorladi, "Yuve" rekordigacha yana 7 o'yin bor
"Milan" A Seriyaning 17-turida "Torino"ni mag'lub etdi.
"Rossoneri"lar chempionatning birinchi davrasidagi 16 o'yinda 2+ gol urdi va shu orqali "Inter"ning 1949/50 hamda 1950/51 yilgi mavsumlardagi rekordini takrorladi.
Undan tashqari, "Milan" A Seriyadagi golli seriyasini 37 o'yingacha etkazib oldi. Jamoa so'nggi bora 2020 yilning 6 yanvar kunida "Sampdoriya" darvozasiga yo'l topa olmagandi.
A Seriya tarixida faqatgina ikki marta "Yuventus" uzoq vaqt davomida golli seriya qayd etgandi: 2014 yilda 43 o'yin, 2017 yilda 44 o'yin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar