“Milan” himoyachisini “Dinamo M”ga sotishga rozi bo'ldi
10 iyu 2021 21:00
Yangiliklar
“Milan” himoyachisini “Dinamo M”ga sotishga rozi bo'ldi
“Rossonerilar” qanot himoyachisi Diego Laksalt faoliyatin RPLda davom ettiradi, deya xabar bermoqda Janlika Di Marcio.
Manbaga ko'ra, Laksalt “Dinamo” (Moskva)ga o'tadi va tomonlar transfer masalasida kelishuvga erishgan. 28 yoshli urugvaylik yangi jamoasida yiliga 2,5 mln evro ishlab topadi. Uning Milandagi maoshi esa 3,4 mln evro edi.
Diego Laksalt o'tgan mavsumni ijara asosida “Seltik”da o'tkazdi va SHotlandiya chempionatida 17 bahsda qatnashib, bitta gol urdi.
Fikrlar