“Milan” Gattuzo borasida bir qarorga kela olmayapti
27 may 2019 08:20
Yangiliklar


“Milan” Gattuzo borasida bir qarorga kela olmayapti
“Milan” bosh direktori Ivan Gazidis jamoaning mavsumdagi natijalariga biroz izoh berdi.
“CHempionlar Ligasiga chiqa olmaganligimizdan qattiq xafamiz. Ammo jamoaning oxirigacha kurashganini takidlash lozim. Hammaga borini bergani uchun rahmat aytmoqchiman. Men muxlislarning sodiqligidan hayratdaman. “Milan” yana rivojlanishda va o'sishda davom etishiga ishonaman. Yaqin orada biz ortda qolgan mavsumni tahlil qilamiz. Va keyin kelgusidagi qadamlar haqida o'ylaymiz. SHu jumladan, kadrlar borasida ham”,—deydi Gazidis.
Malumot uchun, “Milan” A Seriyada mavsumni 68 ochko bilan 5-o'rinda yakunladi va ECHL yo'llanmasidan quruq qoldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar