Ivan Gazidis "Milan"da ishlash uchun "Arsenal"ni tark etdi

Aslanov Jasurbek
18 sen 2018, 14:55
"Arsenal" ijrochi direktori Ivan Gazidis London klubini tark etdi va faoliyatini "Milan"da davom ettiradi.

Bu haqida klub rasmiy sayti xabar berdi. Gazidis 2008 yildan beri "to'pchilar" safida ishlab kelgan. "Arsenal"da uning o'rnini Raul Sanlei va Vinay Venkatesham to'ldirishadi.

"Ivan bilan ishlash yoqimli bo'ldi. U dono, tushunadigan va ko'p harakat inson. Gazidis o'rnini Raul va Vinaylar egallaydi va ular Unai Emeriga "Arsenal" o'sishida yordam berishiga ishonamiz" - deydi "Arsenal" boshqaruv qo'mitasi raisi o'rinbosari Josh Kronke.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: arsenal.com