"Arsenal"ning asosiy skauti "Milan"ga o'tadi

Aslanov Jasurbek
6 noya 2018, 15:52
"Arsenal" sobiq ijrochi direktori Ivan Gazidis bilan shartnoma tuzgan "Milan" "to'pchilar"ning yana bir xodimiga "ko'z olaytirmoqda".

Ma'lumotlarga ko'ra, so'nggi bir necha yil davomida iqtidorli futbolchilar izlash bilan shug'ullangan "Arsenal" bosh skauti Jil Grimandi faoliyatini rossonerlar safida davom ettiradi.

Eslatib o'tamiz, 2008 yildan beri "Arsenal"da ishlab kelgan Gazidis klubni tark etdi va "Milan" sport direktoriga aylandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Milanlive.it