“Milan” Gabrielni “Bolonya”ga ijaraga berishi mumkin
27 dek 2013 12:42
Yangiliklar


“Milan” Gabrielni “Bolonya”ga ijaraga berishi mumkin
“Milan” qishki transferlar oynasi mobaynida, darvozaboni Gabrielni boshqa klubga ijaraga berishi mumkin.
21 yoshli braziliyalik futbolchi ko'proq o'yin vaqtiga ega bo'lishi uchun “rossoneri”lar shunday qarorga kelishgan.
Kristian Abbyati va Marko Ameliyani jarohat olgani tufayli, Gabriel ushbu mavsum Italiya chempionatida 7 ta o'yin o'tkaza olgan.
Sportmediaset bergan xabarga ko'ra, Gabrielga “Bolonya” qiziqmoqda.

Fikrlar