"Milan" futbolchisi uchun Italiya va Angliya grandlari kurashmoqda
07 apr 2021 00:05
Yangiliklar
"Milan" futbolchisi uchun Italiya va Angliya grandlari kurashmoqda
"Milan" hali ham yarim himoyachi Xoqon CHalxanoglu bilan shartnoma borasida kelisha olmayapti.
Futbolchining ayni shartnomasi yozda yakuniga etadi va u klubdan yiliga 5 mln evro maosh talab qilmoqda. Ammo "Milan" unga 4 mln evro bermoqchi. "La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, klub taklifini oshirmoqchi bo'lmayapti.
SHu boisdan turkiyalik futbolchi erkin agent sifatida jamoadan ketishga yaqin turibdi. 27 yoshli futbolchi bilan "Yuventus" shartnoma imzolash uchun qattiq harakat qilmoqda.
SHuningdek, "Arsenal" va "CHelsi" kabi klublar uning atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda. Ular Xoqonga o'zi istagan maoshni berishga tayyor turibdi.
Xavbek ushbu mavsum A Seriyaning 24 o'yinida 2 gol va 8 assistni amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar