“Milan” direktori: “Arsenal”ni hurmat qilamiz, ammo ulardan qo'rqayotganimiz yo'q
24 fev 2018 00:24
Yangiliklar
“Milan” direktori: “Arsenal”ni hurmat qilamiz, ammo ulardan qo'rqayotganimiz yo'q
“Milan” sport direktori Massimiliano Mirabelli Evropa ligasining 1/8 finaliga tashlangan qura natijalariga o'z munosabatini bildirdi.
Rossonerilar ushbu bosqichda Londonning “Arsenal”i bilan kuch sinashishadi.
“Yaxshi jamoaga qarshi ajoyib o'yin guvohi bo'lamiz. Biz kuchli raqib bilan ayni kerakli vaqtda kuch sinashamiz. Hech qanday qo'rquvni his qilmayapmiz va turnirda barcha yo'llarni bosib o'tish niyatidamiz. “Arsenal”ni hurmat qilamiz, ammo bu jamoadan qo'rqayotganimiz yo'q. “San-Siro”da stadionimiz to'lishiga ishonaman. Londonda ham jamoamizni muxlislar stadiondan qo'llab-quvvatlashadi”, deya direktorning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar