“Milan” sport direktori: Bonuchchi sotilmaydi

“Milan” jamoasi sport direktori Massimiliano Mirabelli Leonardo Bonuchchiga klub ishonayotganini ta'kidlab o'tdi.

“Biz og'ir davrni boshdan o'tkazdik. Ammo yangi yilni yaxshi boshladik. Biz hali uchta frontda kurash olib boramiz. Jismoniy tarafdan kuchayib boramiz. Bonuchchi sotilmaydi. Leo muammolarini hal qildi. O'tgan mavsumda u ikkita sovrinni qo'lga kiritdi. Boshqa o'yinchilar bilan solishtirganda, u bizga arzonga tushdi. Yozda ko'plab futbolchilar bilan shartnoma imzoladik. Aynan ular bilan birgalikda oldinga borishni istaymiz ”, - deydi Mirabelli.



Manba: Championat.com