So’nggi yangiliklar

15:02Анчелотти: "Реал" — менинг охирги клубим"  1 14:34"Ливерпуль" Испания термаси ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 14:10Доминик Соланке "Тоттенхэм"га ўтишга рози  2 13:54Ўзбекистон кубоги. Ярим финалга қачон қуръа ташланиши маълум бўлди  7 13:39Мало Гюсто: "Челси" Конференциялар Лигасини ютиши керак"  2 13:17Тен Хаг Амрабат "Манчестер Юнайтед"га қайтиши мумкинлигини айтди  2 13:06Шерзод Темиров "Атлетико Мадрид"га қарши ўйиндан сўнг нималар деди?  3 12:47Жиззахдаги голларга бой драмада "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  5 12:22Артета: "Смит-Роу "Арсенал"дан кетганидан хафаман"  4 11:50Кроос телевидениеда ишлаш ҳақида: "Фалсафадан "дарс" беришни хоҳламасдим"  4 11:31Анри 1999 йил "Арсенал"га ўтиши ҳақида эслади: "Венгер мен шунчаки вақт йўқотаётганимни айтган"  7 10:49Ўсмирларимиз Тошкентда йиғинга киришди. Йиғин давомида бир қатор ўртоқлик учрашувлари бўлиб ўтади  4 10:20«Ливерпуль» Европа чемпиони учун 60 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:09ЎзФҲМ "Алё, рэф!"га қарши: ҳакамлар Суперлиганинг 14-туридаги учта ўйинда нечта хатога йўл қўйишди?  5 09:52«Бавария» футболчиси «Барселона»га ўтмоқда  3

“Milan” deyarli tekinga xarid qilgan yangi yulduz Yangiliklar

“Milan” deyarli tekinga xarid qilgan yangi yulduz

Vaziyatdan g'olib bo'lib chiqqan qaxramon haqida.

2012 yil dekabr. Angliya futbol associaciyasi hukm elon qildi: “Liverpul” himoyachisi Luis Enrike hamkasbi Suso tishini oqartirgani uchun tvitterdagi shaxsiy sahifasi orqali uni haqorat qildi. Bu post uchun unga 10 ming funt jarima solishdi. Agar bu hol yana takrorlansa, unga nisbatan jiddiy jazo qo'llanishi bilan tahdid qilishdi. Bundan Enrike ham Suso kabi hayron edi. “Do'stimga faqat shu post uchun jarima solishgani g'alati, axir bu shunchaki hazil edi”, — deydi o'yinchi. Bu voqea Suso “Liverpul”da o'ynagan vaqtlarida sodir bo'lgandi. Ikki yildan keyin uni “Milan”ga bor yo'g'i 1,3 million evroga sotib yuborishdi.

2018 yil noyabr. “Milan”ning eng yaxshi yarim himoyachisi bo'lmish Suso 19 noyabr kuni tavallud ayyomini nishonlagandi. Klub rahbarlari almashib, mablag' bilan bog'liq muammolar bo'lib turgan bir vaqtda ham Suso o'zini yaxshi ko'rsatib, yuqori natija qayd etishda davom etdi. Italiya CHempionati bu yilgi mavsumida u 8ta golli uzatma berishga muvaffaq bo'ldi. Suso “Milan”ning 110 ta bahsida 20 ta gol urdi va 34 marotaba golli uzatma berdi. Bundan tashqari, Italiya Superkubogida g'oliblikni qo'lga kiritdi. Ko'plab top-klublar unga qiziqish bildirmoqda, shu jumladan, “CHelsi” va “Real” ham. Susoni muntazam ravishda Ispaniya termasiga chaqirishadi. CHap oyoq bilan tezroq harakatlana oladigan bu futbolchini kamida 35 million evroga baholashmoqda.

“Milan” haqiqatdan ham Susoni arzimagan pul evaziga sotib olgan. CHunki Evropadagilar uning iqtidoriga ishonishmagan. Suso o'smir paytida “Real” va “Liverpul”dan birini tanlamoqchi edi. Lekin Rafael Benites uni Angliyaga borishga ko'ndirdi. O'sha vaqtlar “Liverpul”da Reyna, Arbeloa va Xabi Alonso ham o'ynardi. U U-19 bilan Evropa chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritgan va terma jamoa turnirlarida ham ishtirok etgan. U qancha yaxshi o'ynashga harakat qilsa ham, “Almeriya”ga ijaraga borganida yuqori o'yin ko'rsatsa ham, uning iqtidorini qadrlamay qo'yishgandi. “Liverpul” ham u bilan yangi shartnoma tuzish borasida ishni ortga surib yurardi. “Milan” esa bu vaziyatdan unumli foydalanib, u bilan shartnoma imzolashga muvaffaq bo'ldi.

Ha, Suso “Milan”da avvaliga yuqori natijalarga erishmadi. Jamoaga Jerar Deulofeu kelganidan so'ng u “uyg'ondi”. Jerar Ispaniya termasiga qaytganidan so'ng, Suso ham tarkibga mahkam o'rnashib, yuksalishda davom etdi. “Jenoa” ham bu vaqtda uni sotib olishga harakat qilib ko'rdi. 2016 yil yozida esa Suso “Krasnodar” o'tib ketisha sal qoldi. Tasavvur qilyapsizmi, yuqorida o'qiganlaringizning bari bugungi kunda qator grandlar "sovchi" solayotgan futbolchi haqida...

Suso A Seriyaning o'tgan mavsumida 29ta golli uzatma berdi — bu turningdagi eng yaxshi natija bo'ldi. Hozirgi kunda A Seriyaning eng yaxshi o'yinchilari Krishtianu Ronaldu va Suso hisloblanadi. CHunki birinchilar qatorida gol+pas tizimida 10 ortiq samarali harakatlar amalga oshira olishdi. “Milan” va “Yuventus” o'rtasidagi bahsda Ronaldu gol urishga muvaffaq bo'ldi va turinliklar g'alaba qozonishdi. Lekin ularning jamoasi kuchliroq ekanini ham tan olish kerak. Suso — yuqori darajadagi futbolchi. “Milan” esa Evropa Ligasi guruhidan ham chiqa olmadi.

Suso o'yin uslubiga ko'ra, o'zini Lionel Messi bilan taqqoslaydi. O'zi chap oyoqda o'ynashiga qaramay, Eden Azar bilan ham o'xshash jihatlari borligidan fahrlanadi. Bu o'yinchilar tez dribling qila olishi, raqiblaridan o'zib ketishi, himoyachidan to'pni to'g'ri olib qochishi hamda kuchli zarba bera olishi bilan bugungi qahramonimizga o'xshaydi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Bularga Suso “Sassuolo” darvozasiga urgan goli orqali o'zingiz ham amin bo'lishingiz mumkin.


Quyida Suso hayotiga oid bir nechta faktlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

1. Suso uch oy mobaynida jamaodoshi Iguain bilan qo'shni bo'lgan. Susoning so'zlariga qaraganda, bu ularning o'rtasida iliq munosabat shakllanishiga yordam bergan: ular mashg'ulotlarga ham birga borishgan. Gonsalo mashinada umuman jim o'tirmay, uyqusiragan o'yinchi bilan futbol haqida suhbatlashib ketardi. SHu bilan birga, argentinalik yulduz jamoadoshi haqida OAVda ham iliq fikrlar bildirgan: “Men boshqa klublarda o'ynagan vaqtimda ham Susoni kuzatardim. U to'pni maydonning istalgan nuqtasiga etkazib bera oladigan fantastik futbolchi”.

2. 10 noyabr kuni Suso va uning turmush o'rtog'i Alis farzandli bo'lishdi, o'g'lining ismi Alessio. Italiya ommaviy axborot vositalari “Milan” kapitani Alessio Romanoliga havas qilib, ular chaqaloqqa shunday ism qo'yishgan deb yozishdi. Suso kulib, buni inkor etdi. “Dunyodagi eng yaxshi ota sening dadang ekanini hali bilmaysan, o'g'lim!”, — deb yozgandi Alis instagramdagi shaxsiy sahifasida.

3. Suso murabbiyi Gattuzo bilan munosabati yaxshi, ular qalin do'st. Jennaro yarim himoyachining faoliyati davomidagi eng sevimli ustozi bo'la oldi. CHunki u o'yinchiga maydonda bemalol harakatlanishiga halaqit qilmaydi. “Gattuzoning futbolchilik faoliyatidan beri dunyoqarashi o'zgarmagan. U hamon o'sha yuqori tempda ishlaydi. Mashg'ulotdan so'ng, u juda muloyim bo'lib qoladi. U “Milan” uchun ideal murabbiy”, — degan edi Suso intervyularidan birida. Qiziq, lekin haqiqatdan ham Gattuzo rahbarligida ispaniyalik faoliyatidagi eng yaxshi davrni o'tkazyapti.

“Milan” doim mening orzularimdan biri bo'lgan. Bolaligimda aynan shu jamoaning buyuk futbolchilari ishtirokidagi o'yinlarni tomosha qilishni yaxshi ko'rardim. Bu erda o'ynash ajoyib. Bir kuni o'g'limga fahr bilan shunday deyman: “Sening otang “Milan”da o'ynagan”, — dedi o'tgan mavsum yakuniga etganidan keyin Suso. Yozda ispaniyalik shartnomasida 40 million evro tovon puli to'lanishi belgilangan bo'lsa ham, “Inter” va “Atletiko”ga o'tishdan bosh tortdi. Uning hayotida qanday vaziyat bo'lishidan qatiy nazar, u “Milan”da qolib, klubiga sodiq bo'lishga tayyor.

Bir yil avval “Milan” Susoni sotmasligini elon qilgandi. O'sha vaqtda esa yarim himoyachi “Liverpul”ga qaytishni xohlagandi. 19 noyabr kuni Suso 25 yoshni qarshiladi, bundan bir necha hafta oldin esa “Milan” u bilan yangi shartnoma tuzish haqida muzokara boshlagan edi. “Ibragimovich? U menga yoqadi, biroq bizni endi sevimli o'yinchimiz bor — u Suso”, — deydi “Milan”ning yangi prezidenti Paolo Skaroni. Klub so'nggi paytlarda yuqori darajadagi o'yinchilarni kamroq sotib olayapti. CHunki yoshroq o'yinchi olib, ularni o'zi tarbiyalab olmoqda. Susoning revolyuciyasi yaqin yillardagi "Milan" bilan bog'liq eng yaxshi voqea.

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика