So’nggi yangiliklar

01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  16 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  1 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  8 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  3 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1

“Milan derbisi”da ikkala taraf uchun o'ynagan yulduzlar... Yangiliklar

“Milan derbisi”da ikkala taraf uchun o'ynagan yulduzlar...

Birozdan keyin A Seriya 21-turining markaziy uchrashuvi start oladi.

Inter

Lautaro Martinez - 34'

Serie A . 21-tur

05/02/2023, 23:45

0
:
1
Tugadi

AC Milan

Stadion: Giuseppe Meazza, 75584 tomoshabin

Bosh hakam: Davide Massa

45'
90'
34'  Lautaro Martinez
34'  Hakan Calhanoglu
67'  Henrikh Mkhitaryan
68'  Francesco Acerbi
70'  Federico Dimarco (Robin Gosens)
70'  Edin Dzeko (Romelu Lukaku)
72'  Henrikh Mkhitaryan (Marcelo Brozovic)
89'  Hakan Calhanoglu (Roberto Gagliardini)
90'  Nicolo Barella (Kristjan Asllani)
32'  Pierre Kalulu
46'  Junior Messias (Brahim Diaz)
49'  Matteo Gabbia
54'  Divock Origi (Rafael Leao)
54'  Davide Calabria (Alexis Saelemaekers)
62'  Rafael Leao
71'  Matteo Gabbia (Malick Thiaw)
84'  Olivier Giroud
86'  Simon Kjaer (Ante Rebic)
88'  Ante Rebic

CHalhanoglu bugun sobiq klubiga qarshi maydonga chiqishi mumkin. “Inter” va “Milan” futbol olamidagi eng azaliy raqiblar hisoblansa-da, Hakan singari har 2 jamoa libosini kiyganlar talaygina. Derbi oldidan shunday o'yinchilar ro'yxatini taqdim qilamiz.

Roberto Badjo — 1994 yilgi mundial finalida golga aylanmagan penalti bilan eslanadigan futbolchi 1995-97 yillarda “Milan”, 1998-2000 yillarda “Inter”da o'ynagan.

Patrik Vieyra — aksar muxlislar uni “Arsenal” libosida tasavvur qilishsa-da, franciyalik yarim himoyachi 1995-96 yillarda “Milan”, 2006-10 yillarda “Inter” sharafini himoya qilgan edi.

Umit Davala — Fotih Terim “Milan” ustoziga aylanishi bilan turkiyalik xavbekni transfer qilgan edi. Biroq, uning Italiyadagi faoliyati omadli chiqmadi. “Rossoneri” Davalani Dario Simich transferining bir qismi sifatida “Inter”ga berib yubordi. “Neradzurri” safida birorta ham uchrashuvda maydonga chiqmagan Davala Istanbulga qaytishga majbur bo'ladi.

Edgar Davids — ko'zoynaklari bilan muxlislar xotirasiga muhrlangan niderlandiyalik futbolchi nafaqat Milan grandlari, balki “Yuventus” libosini ham kiygan edi.

Lorenco Buffon — Janluijidan oldin ham bu familiya italyanlar orasida mashhur edi. O'z davrining eng yaxshi posbonlaridan biri hisoblangan Lorenco faoliyatining katta qismida “Milan”, butsalarini mixga ilishdan oldin “Inter” sharafini himoya qilgan.

Leonardo Bonuchchi — “Yuventus” afsonasiga aylangan himoyachi katta futboldagi ilk qadamlarini “Inter” tarkibida qo'yganini ko'pchilik bilmasa kerak. U 2017 yilda qizil-qora libosni ham kiyib ko'rgan.

Zlatan Ibragimovich — 41 yoshga bo'lishiga qaramay, “Milan” libosini echmayotgan shveciyalik forvard 2006 yilda “Yuventus” B Seriyaga tushirib yuborilganidan keyin “Inter”ga transfer bo'lgan edi.

Mario Balotelli — “Super Mario” futbol ommasiga “Inter” tarkibida tanilgan edi. Bir muddat “Manchester Siti” uchun “Tumanli Albion”da yashagan forvardni 2013 yilda “Milan” Italiyaga qaytaradi.

Kristian Veri — “Skuadra Adzurra” hujumchisi 2005 yilda “Inter”dan “Milan”ga transfer bo'lgan edi.

Juzeppe Favalli — Veridan 1 yil oldinroq “Rossoneri”ga aylangan edi. Qanot himoyachisi “Milan” tarkibida o'tgan 4 yildan keyin faoliyatiga yakun yasadi.

Ronaldo Nazario — 1997-2002 yillarda “Inter” libosini kiygan hujumchi gollaridan tashqari, tez-tez jarohatga yo'liqishi bilan esda qolgan bo'lsa, 2007 yil “Milan”ga o'tganidan ortiqcha vazni bilan hammaning etiborini tortgan.

Ernan Krespo — “Inter” argentinalik hujumchi uchun 2002 yil “Lacio”ga 40 mln evro to'lagan edi. Keyin “CHelsi”ga transfer bo'lgan Krespo bir muddat “Milan”da ijara asosida to'p tepgandi.

Andrea Pirlo — ayni paytda Otabek SHukurovga ustozlik qilayotgan “maestro” o'tgan asrda “Inter”, XXI asrning dastlabki 10 yilida “Milan” libosi bilan muxlislar mehrini qozongan edi.

SHuningdek, Klarens Zeedorf, Antonio Kassano,  Tomas Xelveg va Taribo Uest singari futbolchilarga ham “Milan derbisi”da har 2 jamoa uchun o'ynash nasib qilgan. Sizningcha, navbatdagi bahsda kimning qo'li baland keladi?

muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика