"Milan" darvozaboni mavsum tiklanganidan so'ng ilk o'yinni o'tkazib yuboradi
20 dek 2022 13:57
Yangiliklar
"Milan" darvozaboni mavsum tiklanganidan so'ng ilk o'yinni o'tkazib yuboradi
Futbolchida jarohat mavjud.
"Milan" darvozaboni Mayk Menyan 4 yanvar kuni Italiya chempionatining 16-turidan o'rin olgan "Salernitana"ga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Bu haqda "Sky Sport Italia" xabar bermoqda.
Futbolchi shikastlanishdan forig' bo'lishga ulgurmaydi. Franciyalik futbolchi jarohati tufayli 22 sentyabrdan beri maydonga tushmayapti.
Oldinroq "Milan" "Atletiko"ga futbolchi almashishni taklif qilgani xabar qilingan edi.
Fikrlar