So’nggi yangiliklar

23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  0 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  1 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  6 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  0 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  5 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  20 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  20 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5 19:48Матс Хуммелс фаолиятини "Реал"да давом эттириши мумкин  2 19:34"Акрон": "Хуш келибсан, Шерзод Эсанов!"  2 19:25Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Бешинчи беллашув баҳоси беш бўладими?  8 19:04Артём Довбик Мадридга кўчиб ўтади (Фабрицио Романо)  3 18:41"Ланс" футболчисини Бундеслига клубига ижарага берди  1

"Milan" CHempionlar Ligasi pley-off bosqichi uchun kurashga tayyormi? Yangiliklar

"Milan" CHempionlar Ligasi pley-off bosqichi uchun kurashga tayyormi?

Bugun, 19 oktyabr, Evropa CHempionlar Ligasi 3-tur o'yinlariga start beriladi. "Milan" safarda "Portu"ga qarshi maydonga tushadi.

Ushbu to'qnashuv uchun "rossoneri" qaydnomasiga Stefano Pioli 18 o'yinchini kiritdi:

"Milan" uchun bu guruh bosqichining o'ta muhim bellashuvlaridan hisoblanadi - yorqin o'yin ko'rsatganiga qaramay, jamoa dastlabki 2-turda biror ochko to'play olmadi! SHunday bo'lsada, Stefano Piolining nisbatan yosh jamoasi hujumkor va tomoshabop o'yin namoyish etib berdi.

"Liverpul"dan uchralgan mag'lubiyatni tushuntirish mumkin bo'lsa, "Atletiko"ga qarshi o'yinda hakamlik borasida savollar bo'ldi. Ayniqsa "Milan" darvozasiga belgilangan penalti borasida. SHu kecha jamoa sardori Frank Kessie birinchi bo'limda qizil kartochka ishlab olib, sheriklarini o'ta qiyin axvolga solib qo'ydi. Ha, aytgancha Frankning shartnomani uzaytirish borasidagi vaziyati Donnaruma bilan bo'lganlarni eslatib yuboryapti.

A Seriyada "Milan"ning ishlari joyida bo'lsa - 8-turdan keyin jamoa 2-o'rinda va etakchi "Napoli"dan 2 ochkogina ortda, mag'lubiyatsiz seriya davom etyapti (7 g'alaba va 1 durang), ECHLning bo'lajak bahsi "Milan" uchun aniq hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. V guruhi - chindan "o'lim guruhi"ga o'xshab ketmoqda. Milanliklar bahorda ham evrokuboklardagi (qaysi musobaqada bo'lsa ham) ishtiroklarini davom ettirishni istashsa, "Portu"ga qarshi o'yinlarda jamoa ochkolar jamg'arishi shart.

Bugungi kunga kelib "Milan" tarkib borasida muammolarga duch kelgan. O'yin qaydnomasidan: Menyan (jarrohlik operaciyasini boshidan o'tkazdi, 10 hafta atrofida jamoaga yordam bera olmaydi), Florenci, Konti, Rebich (uchalasida mushaklar bilan bog'liq muammolar), Kessie ("Atletiko"ga qarshi o'yinda qizil kartochka olgan), Ernandes (koronaga chalingan va nomalum muddatga safdan chiqqan), Braim Diaz (kasal). Kastilexo oxirgi o'yinda "Verona"ga qarshi uchrashuvda yomon ko'rinmadi va "Milan"ning 0:2dan amalga oshirgan kambekida muhim rol o'ynadi. Ammo futbolchi ECHL guruh bosqichi qaydnomasiga kiritilmagan, sababi mavsum avvalida u jamoadan ketishga yaqin edi.

"Portu" ham ichki chempionatda 2-o'rinni egallab turibdi va portugaliyaliklar ham hali mag'lubiyatga uchrashmagan: 6 g'alaba va 2 durang. Birinchi o'rindagi "Benfika" raqibini bor yo'g'i bir ochkoga ortda qoldirmoqda.

Portugaliyaliklarda tarkib borasida savollar ancha kam - faqatgina himoyachi SHansel Mbembaning o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida.

Umuman olganda bizni musobaqa jadvalidan kelib chiqsak, "Atletiko" va "Liverpul" o'yinidanda qiziqarli bellashuv kutib turibdi. Sababi narigi juftlik jamoalari uchinchi va to'rtinchi o'rindan kichik ustunlikka ega bo'lib ulgurgan. Pley-offning ikki yo'llanmasi uchun yana bir nomzod paydo bo'ladimi yoki yo'q, aynan Portuda malum bo'ladi.

O'yindan oldingi matbuot anjumanida "Milan" ustozi raqibga hurmat saqlagan holda hamda ehtiyotkorlik bilan gapirdi: "Bizga anchayin kuchli, tartibli, tezkor futbolchilarga ega va muhimi aqlli murabbiyi bor klub raqiblik qiladi. Bu o'yinda hech kimga oson bo'lmaydi. Portugaliyaliklarga qarshi to'qnashuvlar biz uchun hal qiluvchi bo'lishi mumkin.


Tarkibimiz haqida gapiradigan bo'lsam, Krunich va Maldini bitta joy uchun nomzod bo'lib turishibdi, ammo ulardan qaysinisi o'ynashini hali tanalaganimcha yo'q. SHuningdek, Benasser safga qaytdi va o'yinga tayyor.

Biz yana cho'qqiga qaytishni maqsad qilganmiz va buning uchun to'g'ri yo'ldamiz. Biroq jamoa hali juda ko'p ish qilishi zarur. Biz dastlabki ikki o'yinni o'zimizning xatolarimiz sabab boy berdik.

Ibragimovich qaydnomada bo'lishi aniq, uning asosiy tarkibdagi o'rniga keladigan bo'lsak — oxirgi so'z jamoamiz shifokorlariga qolmoqda"

Eslatib o'tamiz, o'yinni germaniyalik referi Feliks Brix brigadasi boshqarib boradi.

UEFA rasmiy sayti taqdim etgan taxminiy tarkiblar:
"Portu" - "Milan"

"Portu": Diogu Koshta; Joau Mariu, Pepe, Markano, Vendell; Uribe, Serjiu Oliveyra, Otavio, Korona; Dias, Taremi.

"Milan": Teterushanu; Kalyulyu, Tomori, Ker, Kalabriya; Bennase, Tonali; Salemakers, Krunich, Rafael Leau; Jiru.


Nozima Zaripova tarjimasi


FC Porto

Luis Diaz - 65'

Champions League Grp. B . 3-tur

20/10/2021, 00:00

0
:
1
Tugadi

AC Milan

Stadion: Estadio do Dragao, 32130 tomoshabin

Bosh hakam: Felix Brych

45'
90'
3'  Sergio Oliveira
38'  Mateus Uribe
46'  Wendell (Zaidu Sanusi)
65'  Luis Diaz
65'  Mehdi Taremi
67'  Evanilson (Jesus Corona)
67'  Sergio Oliveira (Vitinha)
84'  Mehdi Taremi (Antonio Martinez)
90'  Otavio (Marko Grujic)
16'  Fikayo Tomori
20'  Olivier Giroud
58'  Fode Ballo-Toure (Pierre Kalulu)
58'  Olivier Giroud (Zlatan Ibrahimovic)
58'  Fikayo Tomori (Alessio Romagnoli)
66'  Sandro Tonali (Tiemoue Bakayoko)
81'  Pierre Kalulu
82'  Rade Krunic (Daniel Maldini)
87'  Zlatan Ibrahimovic
90'  Rafael Leao

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика