"Milan" "CHelsi" futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
08 jan 2020 10:43
Yangiliklar


"Milan" "CHelsi" futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
"CHelsi" himoyachisi Andrea Kristensen faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Futbolchining xizmatlariga "Milan" klubi qiziqish bildirmoqda.
Milanliklar "Barselona" o'yinchisi Jan-Kler Todibo bilan bo'layotgan bitim sekinlashib qolganidan so'ng, uning o'rniga boshqa nomzodlarni ko'rib chiqmoqda.
"Rossonerilar" Kristinsenni sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi, "CHelsi" esa o'yinchini faqat sotishga tayyor.
Kristensen jamoada Antonio Ryudiger, Fikayo Tomori va Kurt Zumalar bilan bo'layotgan raqobatda yutqazmoqda. Daniyalik futbolchi joriy mavsum APLda 8ta o'yin o'tkazdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar