“Milan” bosh murabbiyi: “Maqsadimiz aniq”
09 dek 2019 07:57
Yangiliklar


“Milan” bosh murabbiyi: “Maqsadimiz aniq”
“Milan” bosh murabbiyi “Bolonya” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Ikki hujumkor jamoalar o'rtasidagi ajoyib o'yin bo'ldi. Biz bu o'yinda baxtimizni hujumdan qidirdik. Bu g'alaba — o'zimizga bo'lgan ishonchni yanada mustahkamlab olish uchun sabab bo'la oladi. Mahorat bor, endi bunga ishtiyoq va tezkorlikni qo'shsak, o'sishda davom etamiz. Maqsadimiz aniq — keyingi o'yin. Bu shunchaki oddiy. Ijobiy hislar esa bizga yordam beradi”, — deydi Stefano Pioli.
Navbatdagi turda “Milan” o'z maydonida 15 dekabr sanasida “Sassuolo”ni qabul qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar