"Milan" "Ayntraxt" bilan muzokaralarni boshladi
06 apr 2020 21:44
Yangiliklar
"Milan" "Ayntraxt" bilan muzokaralarni boshladi
"Rossoneri"lar futbolchining transferini tezkorlik bilan amalga oshirmoqchi.
"Calciomercato" xabariga ko'ra, "Milan" "Ayntraxt" bilan hujumchi Ante Rebich borasida muzokaralarni boshlab yubordi. Mavsum boshida 26 yoshli forvardning o'yinlari o'xshamagan bo'lsa-da, keyinchalik u so'nggi 6 o'yinda 7 bora raqiblari darvozasini ishg'ol qildi va jamoasiga ko'plab ochkolarni taqdim qildi.
Futbolchining transfer narxi 40 mln evroni tashkil qiladi. Ushbu mavsumda Rebich A Seriyaning 15 o'yinida 6 marta raqiblari postiga yo'l topdi.
Fikrlar