"Milan" A Seriyada 3000 ta o'yin o'tkazgan to'rtinchi klubga aylandi
11 fev 2023 13:47
Yangiliklar


"Milan" A Seriyada 3000 ta o'yin o'tkazgan to'rtinchi klubga aylandi
10 fevral kuni "Milan" A Seriyaning 22-turi doirasida "Torino"ni qabul qidi.
Bu "qizil-qoralar" uchun A Seriyadagi 3000-o'yin bo'ldi.
"Rossoneri" – bu marraga etishgan Italiya chempionati oliy divizioni tarixidagi to'rtinchi jamoa. Bungacha faqat "Inter", "Roma" va "Yuventus" bu ishni uddalagandi.
"Milan" A Seriyada o'tgan 2999 ta uchrashuvda 1457 ta g'alabaga erishgan, 879 marta durang o'ynagan va 663 marta mag'lubiyatga uchragan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar