"Milan" 18 million evrolik transferni amalga oshirmoqchi
06 jan 2021 13:00
Yangiliklar


"Milan" 18 million evrolik transferni amalga oshirmoqchi
"Milan" "Strasburg"ning 20 yoshli himoyachisi Muhammad Simakanga qiziqish bildirmoqda.
Milanliklar o'yinchi uchun 18 million evro (15 mln+3mln bonus) taklif qilishdi, ammo franciyaliklar 20 mln (18mln+2mln bonus) talab qilishmoqda.
Xabarlarga ko'ra, tomonlar tez orada kelishuvga erishishadi.
"Milan" shuningdek "Tuluza"ning 19 yoshli yarim himoyachisi Kuadio Konega ham qiziqmoqda. Franciya klubi o'yinchi uchun 10 million evro talab qilmoqda, "rossonerilar" esa 5-6 mln berishmoqchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar