Mikel Arteta: "Arsenal" hali chempion bo'lishi mumkin. Oldinda 5 ta o'yin bor"
01 may 2023 17:01
Yangiliklar
Mikel Arteta: "Arsenal" hali chempion bo'lishi mumkin. Oldinda 5 ta o'yin bor"
Eslatib o'tamiz, APL 33-turida "Etixad Stedium"da "Arsenal" "Manchester Siti"ga 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi. "SHaharliklar" "Arsenal"dan bir ochko oldinda va zaxirada 1 ta o'yini ham bor.
""Etixad"dagi o'yindan keyin o'zimizga kelish uchun vaqt kerak bo'ladi. Biz buni tan olishni istamasakda, ular boshqa darajada harakat qildi. Biz hali u darajaga chiqmadik.
Tan olish zarur, hali ko'p mehnat qilishimiz zarur. Ammo kamchiliklar bilan bir qatorda, bizning kuchli tomonlarimiz ham etarli. SHu sababli, oxirgi 10 oyda biz katta ko'lamdagi ishni bajara oldik.
CHempionlik taqdiri endi bizni qo'limizda emas. Endi barchasi "Siti"ga bog'liq. Biz qolgan hamma uchrashuvimizni yutib, raqibning natijalariga qaraymiz.
Biz ko'plab klublar qila olmagan ishni bajardik va biz hali ham APL chempioni bo'lishimiz mumkin. CHunki oldinda 5 ta o'yin bor va ko'p narsa o'zgarib ketishi mumkin", – dedi "Arsenal" bosh murabbiyi.
Fikrlar