So’nggi yangiliklar

22:46Антони яна энг зўри  1 22:13Назорат ўйини. "Локомотив" Россия жамоаси билан дуранг ўйнади  1 22:00А Серия. "Эмполи" "Милан" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  3 21:45Аброр Пирриев Ўзбекистон футзал федерацияси тиббиёт департаменти директори этиб тайинланди  2 21:25Льюис Ҳусанов ҳақида: "Унда оғир старт бўлганди ва бугун гол урганидан хурсандман"  10 21:08БАА Про лигаси. "Ал Ваҳда" ўз уйида "Хорфаккан"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  1 21:02Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" ўз уйида "Бешиктош"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  1 20:54Гвардиола Ҳусанов ҳақида гапирди  9 20:25Гвардиолага ёрдамга келган ўзбек  16 20:07Хосеп Гвардиола: "Кейинги босқичга чиққанимиздан хурсандман"  0 19:42Абдуқодир Ҳусанов — энг яхшилардан бири!  28 19:18Флик "Реал" - "Атлетико" баҳси ҳақида: "Аввал "Барселона Б", кейин кечки овқат, кейин дербини кўраман"  9 19:12Англия Кубоги. Ҳусанов ва Де Брюйненинг голлари "Сити"ни кейинги босқичга олиб чиқди  91 18:2660 млн. еврога сотиб олинган Нико 22 дақиқада алмаштирилди  2 18:11Флик: "Ҳакамларнинг иши қийин, улар кейин ўзгартириб бўлмайдиган қарорларни қабул қилишади"  0

Mikael Sekeyra: "Ramazon oyida 9 kun ichida 3 o'yin o'tkazish oson emas" Yangiliklar

Mikael Sekeyra: "Ramazon oyida 9 kun ichida 3 o'yin o'tkazish oson emas"

O'zbekiston Kubogining 2-turi doirasida "Turon" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra o'z fikrlarini bildirib o'tdi.





- O'yinni yaxshi boshlay olmadik. Startda o'zimizni ko'rsata olmadik. Dastlabki 15 daqiqalikdan keyin o'zimizga keldik va o'yinimiz ochilib ketdi. Bugun o'yin uslubimizni biroz o'zgartirdik. Maqsadimiz - Timurxo'ja Abduxoliqov hamda Marat Bikmaevni yonma-yon o'ynatish edi. Ular biz mo'ljallagan pressingni uyushtirishi talab qilingandi. Raqiblar hujumda yaxshi o'yin ko'rsata olmagani sababli himoyada to'pni oldinga tepib yuboraverishdi.

Tanaffusda o'yinni o'zgartirish uchun futbolchilarga kerakli ko'rsatmalarni berdik. SHuningdek, zaxiradan tushirilgan futbolchilar ham o'zlarini ko'rsata olishdi. Biroq uchrashuv juda og'ir o'tdi. "Turon" ham yaxshi jamoa. Bugungi maqsad - g'alaba bo'lgandi. To'g'ri, bundan-da yaxshiroq o'yin ko'rsata olishimiz mumkin edi. Ammo harakat qildik va eng kerakli bo'lgan natijani qo'lga kiritish uchun harakat qildik. Bugungi g'alabamiz adolatli bo'ldi.

Uchrashuv yakuniga 20 daqiqa qolganida 10 kishi bo'lib qoldik. Ro'za oyida raqibdan bir kishi kam bo'lib o'ynash oson emas. SHunday bo'lsa-da, futbolchilar intilishdi va xarakter ko'rsata olishdi. SHu orqali ular o'zlari istagan natijaga erisha olishlarini namoyon qila olishdi va so'nggi daqiqalarda gol urishga erishishdi. Bu juda qiyin, doim ham o'xshayvermaydi. Yana bir bor "Lokomotiv" futbolchilarini tabriklayman. SHuningdek, bu g'alaba shu erda ishlaydigan barchaga, muxlislarga ham bag'ishlanadi. Futbolchilar esa fantastik o'yin namoyish qilib berishdi.

Ramazon oyida 9 kun ichida 3ta o'yin o'tkazish, ustiga ustak 16:30da - juda qiyin. Nukusda ham issiq havo bo'ladi. 3 kundan keyin u erda o'yin o'ynaymiz. U erda ham yutishga harakat qilamiz. Biroq oson bo'lmaydi. Oson o'yinning o'zi yo'q. U erda maydon suniy. Biroq har bir futbolchimga ishonaman. Kim maydonga tushadigan bo'lsa, o'zining maksimal kuchini namoyish qiladi.

- Jamoa deyarli rotaciyasiz o'ynamoqda. Guruhda 1-o'rin naqd qilindi. "Aral Samali"ga qarshi o'yinda ikkinchi tarkib o'ynashi mumkinmi?
- Ha, o'zgarishlar bo'ladi. 12 kun ichida 4ta o'yinda qatnashish oson emas. Kim o'ynasa ham, yosh yoki tajribali bo'lsa ham barchaga ishonaman. Faqatgina ishlashda davom etish kerak.

- Sanjar Qodirqulov qachon safga qaytadi?
- U qaytishga yaqin. Faqat Sanjarni havf ostiga qo'ymasdan, jismoniy holatini yaxshilab olishini kutyapmiz.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика