So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  10 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Mikael Sikeyra: "Bu savolga javob berishni istamayman" Yangiliklar

Mikael Sikeyra: "Bu savolga javob berishni istamayman"

Superliganing 1-turidan o'rin olgan AGMK va "Lokomotiv" jamoalari o'rtasidagi bahsdan so'ng birinchi bo'lib mehmonlar murabbiyi Mikael Sikeyra jurnalistlarning savoliga javob berdi.




"Tezkor gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng, jamoa o'ziga kela oldi va gol urishga erishdi. Ikkinchi bo'limda esa biz o'ylab qo'ygan rejalarimiz amalga oshmadi. Biroq har bir futbolchi o'ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishdi va ularning imkoniyatlarga ishonaman.O'z ustimizda ishlashda davom etamiz va navbatdagi turga tayyorgarlik ko'ramiz".

Temurxo'ja Abduxoliqovning o'yinda ishtirok etmagani o'yinga qanchalik tasir ko'rsatdi?

Temurxo'janing imkoniyatlarini yuqori baholayman va bugungi uchrashuvning asosiy tarkibida aynan uni tushirishni reja qilgan edik. 

- Jamoa bugun asosan qisqa uzatlamalar bilan o'yin ko'rsatdi va bir necha bor xatolarga yo'l qo'yildi. SHuningdek darvozaboning o'yinidan qoniqish hosil qildimi?

- Avval takidlaganimdek bugungi bahsda futbolchilarimning harakatidan qoniqish hosil qildim. Bugun ular yaxshi harakat qilishdi. SHuningdek, bugungi uchrashuvda mezbonlar ham yaxshi o'yin ko'rsatishdi.

- "Lokomotiv"ning mavsumga tayyorgarligi yopiq tarzda o'tdi, xatto Toshkentda o'tgan Superliga klubidan biriga qarshi o'rtoqlik o'yinida raqib operatoriga tasvirga olishga imkon berilmagan. Nega? Siz OAV uchun yopiq murabbiymisiz?

- Bu savolga javob berishni istamayman. Mening hayolimda faqatgina navbatdagi uchrashuv va shu sababli ham bu savolni o'ylashni va javob berishni ham xohlamayman.

- O'yinchilarning harakatidan qoniqdim deb aytdingiz. Biroq "Lokomotiv" futbolchilari ikkinchi bo'limga umuman harakat qilmadi...

- Ular men bergan vazifalarni bajarishga harakat qilishdi deb o'ylayman. Biroq so'nggi daqiqalarda mezbonlarga omad keldi va gol urib hisobni o'z foydalariga o'zgartirishdi.


Reyting: -29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика