Meyvezerga mag'lub bo'lgan Nasukava yodingizdami? U ajoyib zarba evaziga raqibini nokaut qildi
11 mar 2019 17:00
Yangiliklar


Meyvezerga mag'lub bo'lgan Nasukava yodingizdami? U ajoyib zarba evaziga raqibini nokaut qildi
Yaponiyalik kikbokschi Tensin Nasukava Floyd Meyvezerga qarshi uchralgan mag'lubiyatdan so'ng ilk marotaba ringga ko'tarildi.
31 dekabr kuni u bokschi Meyvezer bilan jang o'tkazgan va nokautga uchragandi.
Kuni kecha Nasukava RISE World Series turnirining chorak finali doirasida jang o'tkazdi. -58 kg vazn toifasida tashkil etilgan jangda unga argentinalik Federiko Roma raqiblik qildi.
Jangning uchinchi raundida u tizzasi bilan erga o'tirib oldi. Birozdan so'ng oyog'i bilan ajoyib zarba bergan holda raqibini nokautga uchratdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar