Meyson Maunt: “CHelsi” dunyoning eng kuchli jamoasi va buni hech kim bizdan tortib ololmaydi”
30 may 2021 09:58
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/639860_original.jpg)
![](/upload/storage/639860_220.jpg)
Meyson Maunt: “CHelsi” dunyoning eng kuchli jamoasi va buni hech kim bizdan tortib ololmaydi”
“CHelsi” yarim himoyachisi Meyson Maunt ECHL finalida jamoasining “Manchester Siti” (1:0) ustidan qozongan g'alabasi haqida gapirdi.
“His-tuyg'ularimni ikki og'iz so'z bilan tariflab berolmayman. “CHelsi” bilan ikkita finalda mag'lub bo'lgandim va bu finalda g'olib chiqishni orzu qilardim.
Biz kuchli raqib bilan to'qnash keldik va maqsadimizga erishish uchun oxirigacha kurashdik. Ayni paytda biz dunyoning eng kuchli jamoasimiz va buni bizdan hech kim tortib ololmaydi!
“Manchester Siti” – ajoyib jamoa. Ular APLda nimalar qilganini hamma ko'rdi. O'yin judayam og'ir kechdi. Biz gol urdik va butun uchrashuv davomida g'alabani saqlab qolish uchun kurashdik. Bor kuchimizni berdik, g'olib chiqdik. Bu takrorlanmas holat”, dedi Maunt.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar