So’nggi yangiliklar

15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  15 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  2 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  13 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  4 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  4 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  8 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  16 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  10

"Metallurg"ning ispaniyalik murabbiyi: "Avval Janubiy Koreya va Quvayt klublarida ishlaganman" Yangiliklar

"Metallurg"ning ispaniyalik murabbiyi: "Avval Janubiy Koreya va Quvayt klublarida ishlaganman"

Superliganing 24-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Metallurg" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandez matbuot anjumanida ishtirok etdi.



O'yin haqida

- Biz bugun qiyin o'tishini bilardik. "Navbahor" muxlislari jamoani har doim oldinga boshlaydi. SHuningdek ular raqibga bosim tashkil qila oladilar. SHunga qaramasdan biz yomon o'ynamadik. Gol urish uchun vaziyatlarimiz bo'ldi, lekin bir oz omad etishmadi.

- Jamoa qisqa muddat ichida ijobiy tomonga o'zgaribdi. Qanday kamchiliklar bor edi va nimalarni o'zgartirdingiz?

- Garchi O'zbekistonga akademiya bilan ishlash maqsadida kelgan bo'lsam ham avvalroq Janubiy Koreya va Quvayt futbol klublarida bosh murabbiy sifatida ishlaganman. Jamoani qisqa vaqt ichida o'yinga tayyorlashga to'g'ri keldi. Bizga ozroq xarakter va shijoat etishmayapti. Navbatdagi tur o'yinlarida ijobiy natija qayd etishga harakat qilamiz.

- Bugungi natija haqida nimalarni ayta olasiz?

- Albatta, bunday natijani kutmagandik. Biz Namanganga g'alaba uchun kelgandik, lekin ko'rib turganingizdek bu rejamiz amalga oshmadi.

"Metallurg"ni qiyin vaziyatda qabul qilib oldim. Biz mehnat qilishda davom etamiz. Futbol jasur insonlar uchun mo'ljallangan sport turi. 

- Oldingizdagi maqsadlar qanday?

- Hozirda jamoani g'alabalar sari boshlash va ijobiy natijalarga erishishni maqsad qilganmiz. Jamoada mavsum yakunidan keyin ham ishlaymanmi, yo'qmi buni rahbariyat bilan gaplashib hal qilamiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика