So’nggi yangiliklar

19:40Слот: "Янги футболчиларга қилинган барча харажатлар ҳам самарали бўлмади"  0 19:14Артета "Астон Вилла" билан ўйин олдидан: "Бизни ҳақиқатан жуда қийин ўйин кутмоқда"  2 18:51Эрон чемпионати. "Трактор" ўз уйида "Малаван" билан муроса кўчасини танлади, Ҳамробеков 71 дақиқа ўйнади  1 18:20Мундиал тарихи. Қуръа ташлаган 5 ёшли болакай, иримчи дарвозабон ва ялангоёқ тўпурар, шортиги тушиб кетган Меацца ҳамда пойабзал қутисида сақланган кубок ҳақида ҳикоя қиламиз  0 17:55Кварацхелия — Грузияда бешинчи бор йилнинг энг яхши футболчиси  2 17:29Расман: "Қўқон-1912" "Бухоро" ҳужумчиси трансферини эълон қилди  12 16:57Салоҳ учун эҳтимолий клублар маълум: "Ливерпуль" юлдузи Африка Кубогидан кейин қаерга йўл олади?  1 16:25"Барселона"да навбатдаги можаро: клуб президенти фирибгарликда гумонланмоқда  22 15:58"Локомотив" футболчиси "Бухоро"га йўл олди  3 15:29Рамос таклифларни кўриб чиқишга тайёр бўлган Европа лигалари аниқ бўлди  2 15:00Орзулар рўёби: Ўзбекистон футболининг тарихий йилидаги муҳим воқеалар  4 14:33ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди  16 14:12Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!  24 13:52Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!  35 13:30Кроос ЖЧ-2026 форматига қарши чиқди: "5:0 ёки 6:0 ҳисобидаги ғалабаларни эмас, сифатли ўйинларни кўришни истайман"  10

Metallurgda jiddiy o'zgarishlar bor... Yangiliklar

Metallurgda jiddiy o'zgarishlar bor...

Ikkinchi davra boshlanishiga qisqa fursat qolayotganda “Metallurg” jamoasi qarorgohidan ketma ket yangiliklarni eshitayotgan muxlislar biroz tashvishga tushib qolishgani bor gap.
Oxirgi yangilik, klubni so'nggi yillarda asosiy darvozabonga aylangan Suhrob Sultonov tark etdi. Biz vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida jamoa boshlig'i SHavkat Saidovga yuzlandik.

-  Jamoamiz tarkibida jiddiy o'zgarishlar bo'layotganligi bor gap. Asosiy darvozabon Suhrob Sultonovga bir necha yillardan buyon o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ygan jamoalardan qiziqishlar bo'layotgandi. Davralar oralig'ida uni xuddi shunday klublardan biri – Toshkentning “Bunyodkor” jamoasiga kuzatib qo'ydik.Undan biroz oldinroq markaziy himoyachilarimizdan ikki nafari bilan xayrlashgandik. Islom Qobilov bizda ijara asosida o'ynayotganligi bois transfer huquqiga ega “Bunyodkor”ning o'yinchini qaytarish borasidagi taklifiga etiroz bildirolmadik. U bilan U-22 terma jamoamiz safida Osiyo chempionatining saralash bahslarida muvaffaqiyatli qatnashgan Dostonbek Tursunov esa ikkinchi  davrani o'z viloyati bosh jamoasi – “Neftchi”da o'tkazishni xohladi. Farg'ona klubi mutassaddilari bilan muzokaralar olib borganimizdan so'ng uni “Neftchi”ga yarim yillik muddatga ijaraga berishga qaror qildik. Birinchi davrada bizda deyarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan Vusol Magerramov “Olmaliq”da, Doniyor Ismoilov esa “Dinamo” (Samarqand)da ijara asosida to'p surishga ruxsat so'rashdi. SHuningdek, Kamronbey Kopadze, Farhod Namozov, Timur Usmonovlar bilan do'stona xayrlashdik. Ammo muxlislarimiz xavotirga tushishmasligini istardim. Ayni paytdagi tarkibimiz bilan ham ijobiy natijalarga erishamiz, deb o'ylayman.

Qolaversa murabbiylarimiz tarkibni kuchaytirish borasida ham izlanishyapti. Jumladan, “Obod”dan universal himoyachi Abror Xusinovni tarkibga qo'shib oldik. Mazkur jamoaning yana bir o'yinchisi, yarim himoyachi Doniyor Hasanovning transfer huquqi ham “Metallurg”ga tegishli. U bilan ham klubimiz shartnoma imzolagan. Ammo bazi sabablarga ko'ra Doniyor bu mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida ”Qo'qon 1912” jamoasida o'tkazadi. SHuningdek, “Bunyodkor”tarbiyalanuvchisi Javohir Esonqulov ham “Metallurg”ning to'laqonli azosiga aylandi. Asli “Metallurg” tarbiyalanuvchilari bo'lgan Zufarjon Akbaraliev, Siroj Toshpo'latovlar birinchi ligada mahoratlarini oshirib, tajriba to'plashib safimizga qaytishdi. Yoshlar tarkibidan ham bir qator iqtidorli o'yinchilarni qo'rqmasdan asosiy tarkibga jalb etish fursati etdi, deb o'ylayman. Ikkinchi davrada bunga o'zingiz ham guvoh bo'lasiz, deydi SHavkat Nematjonovich.

Jamoa boshlig'ining fikri o'laroq “Bunyodkor”, “Qizilqum” va “Istiqlol”ga qarshi nazorat uchrashuvlarida markaziy himoya chizig'ida Xudoyshukur Sattorov, hujumda esa Muhammadjon Sultonov maydonga chiqishdi va o'zlarining ijobiy tomonlarini namoyish etishdi. Muhammadjon  “qaldirg'ochlar” darvozasiga gol kiritishga ham muvaffaq bo'ldi. SHuningdek, yoshlar tarkibi posboni Timur To'ychiev, himoyachi Abror Toshqo'zievlar ham asosiy tarkib yukini bemalol tortishiga ishonch bor. Mazkur futbolchilar ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayonida asosiy tarkib o'yinchilari qatorida shug'ullanishayotganligi fikrimiz isbotidir. “Metallurg” PFK jamoa tarkibiga jalb etilgan yangi o'yinchilarini 31 iyul sanasida O'zPFL qo'shimcha buyurtmasidan o'tkazishni rejalashtirgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика