So’nggi yangiliklar

14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  2 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  9 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  8 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  12

“Metallurg” yoshlari Respublika birinchiligiga tayyorlanishmoqda Yangiliklar

“Metallurg” yoshlari Respublika birinchiligiga tayyorlanishmoqda

Teglar :  Metallurg
Xabaringiz bor, bu yildan O'zbekiston futbol federaciyasi Superliga jamoalari oldiga qo'yiladigan talab va tamoyillarni kuchaytirgan.

SHulardan biri Superliga klublar qoshida futbol akademiyalari faoliyatini yaxshilash, ularning tarbiyalanuvchilari to'rtta yosh toifasida  Respublika birinchiligida qatnashishi majburiy qilib qo'yilganligidir. Superliganing barcha ishtirokchilari singari Bekobodning “Metallurg” futbol klubida ham bu borada yangi mavsumga qizg'in hozirlik ko'rilayapti. Xususan, “Metallurg” futbol klubi maktabi direktori Qahramon Nurmatovning etirofiga ko'ra ayni paytda U-10, U-14, U-16, U-18 yosh toifalaridagi jamoalar deyarli mavsumga shay. Ularning barchasida O'FF talab etayotgan sertifikatlarga ega murabbiylar faoliyat olib borishayapti va klub mutasaddilari Respublika birinchiligida o'z tarbiyalanuvchilarining muvaffaqiyatli qatnashuviga umid bog'lashmoqda.

O'z navbatida “Metallurg” PFK tomonidan futbol maktabi tarbiyalanuvchilari uchun barcha qulayliklar yaratib berilmoqda. A.Anoxin nomidagi stadiondan tashqari yana bitta tabiiy, ikkita suniy qoplamali futbol maydonlari ularning ixtiyoriga berib qo'yilgan. Futbol maktabi qoshida sport zali, mashg'ulot zali hamda trenajer zali faoliyat ko'rsatayapti. Guruhlarning barchasi kerakli asbob anjomlar (futbol to'plari, sport formalari, turli trenajerlar, fishkalar, futbol maketlari) bilan taminlangan.

To'rtta yosh toifasidagi jamoalar o'quv-mashg'ulot yig'inlaridan tashqari amaliyotga ham katta etibor qaratmoqda. Jumladan, bugun Bekobod shahridagi “Cementchi” stadionida U-16 yosh toifasidagi “Metallurg” (murabbiylari Bekzod To'raqulov va Zuhriddin Musaev) hamda “Guliston” jamoalari tarbiyalanuvchilarining ko'rik-nazorat uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda jamoalar murosaga kelishdi – 1:1. Keyingi hafta xuddi shunday nazorat uchrashuvi U-18 jamoalari o'rtasida tashkillashtirilishi rejalashtirilgan. Bekobodlik o'quvchilarga Bo'ka va Yangier jamoalari sparring raqib bo'lishi kutilayapti.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика